2020 yil

Dezinfeksiya tunnellari oʻrniga sanitayzer-dispenser qurilmalari oʻrnatiladi

Respublika maxsus komissiyasi bayoniga koʻra, endilikda Jahon sogʻlikni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida dezinfeksion tunnellardan foydalanish toʻxtatilib, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, jamoat joylari, bino va inshootlarga kirish joyida tana haroratini kontaktsiz oʻlchash, tashrif buyuruvchilarni zarur holatlarda ti66iy yoki bir martalik niqoblar bilan taʼminlash, shuningdek, kirish kismida tashkil qilish uchun qulay joyda teri uchyn antiseptik eritmalari boʻlgan sanitayzer-dispenser qurilmalari oʻrnatish amaliyoti joriy etiladi.

“Bunda: ushbu amaliyotlarni tegishli qoidalar asosida olib borish boʻyicha masʼuliyat va javobgarlik muassasa va tashkilotlarning birinchi rahbarlari zimmassida boʻlib, mazkur tadbirlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar zimmasiga yuklatildi” deyiladi Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabarida.