O‘zbekiston — National Geographic Traveler talqini bo‘yicha «Yil kashfiyoti»

Rossiyaning National Geographic Traveler jurnali yil mukofoti yakunlarini e’lon qildi — O‘zbekiston «Yil kashfiyoti» yo‘nalishi g‘olibi bo‘ldi.

Rossiyaning National Geographic Traveler jurnali 28 noyabr kuni Moskvada shu nomdagi mukofot yakunlarini e’lon qildi. O‘zbekiston jami ovoz beruvchilarning 40 foizlik ovozini to‘plagan holda «Yil kashfiyoti» yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi, deya xabar qildi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga.

Mukofot O‘zbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadovga topshirildi. Ushbu toifada birinchilik uchun Armaniston, Ummon, Tayvan va Ruminiya ham kurash olib bordi.

Tanlov 29 iyun-31 oktyabr kunlari 24 ta yo‘nalish, jumladan, sarguzashtlar, etnik xordiq, ekskursion, ekologik, tog‘-chang‘i, sog‘lomlashtirish xordig‘i va gastronomik turizm bo‘yicha davom etdi.

Ovoz berishda 450 mingdan ziyod kishi ishtirok etdi. O‘tgan yili xuddi shu tanlovda O‘zbekiston o‘quvchilarning 34 foiz ovozini to‘plagan holda «Gastronomik turizm» nominatsiyasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.