Print Friendly, PDF & Email

Do’stlik jamiyatlari

“O’zbekiston – Gretsiya” do’stlik Jamiyati

“O’zbekiston – Gresiya” do’stlik Jamiyati 1999 yilning noyabr oyida tashkil topgan. Jamiyatning asosiy maqsadlari O’zbekiston va Gresiya davlatlari o’rtasidagi do’stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalarni rivojlantirishdan iborat..
“O’zbekiston – Gresiya” do’stlik Jamiyati raisi etib 1999 yilning noyabr oyida “FONON” ilmiy ishlab-chikarish birlashmasi bosh direktori akademik Ashurov Muxsin Xurramovich saylangan.
«O’zbekiston-Gresiya» do’stlik jamiyati vazifalari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
— O’zbekiston va Gresiya davlatlari o’rtasida madaniy-ma’rifiy va do’stlik aloqalarini o’rnatish;
— Davlat tashkilotlari bilan xamkorlikda ilmiy va madaniy aloqalar, xalqaro axborotlar almashinuvi;
— O’zbekiston xaqidagi axborotlashgan ma’lumot fondlari tashkil etish, madaniyat-marifat masalalari yuzasidan seminarlar, simpoziumlar, konferensiyalar o’tkazish;
— Gresiya jamoatchiligini O’zbekistonning san’at, madaniyat, ilm-fan va ta’lim soxalarida erishgan yutuqlari bilan tanishtirish;
— O’zbekiston Respublikasi va Gresiya xalq xunarmandchilik ijodi, san’at namoyondalari ko’rgazmalari, tele va kinoko’rsatuvlar,tasviriy san’at ko’rgazmalarini tashkillashtirish;
— Bizning yurtimizda yashovchi Gresiya fuqarolari bilan aloqalarni mustaxkamlash va Gresiyada istiqomat qiluvchi vatandoshlarimiz bilan xamkorlikni rivojlantirish;
— Gresiyalik investorlarni O’zbekistonga jalb qilish, xalqaro fondlar va ijtimoiy uyushmalar bilan madaniy-ma’rifiy aloqalarni yuksaltirishga qaratilgan buyurtma, loyixalarni amalga oshirish.

“O’zbekiston-Gruziya” do’stlik jamiyati

“O’zbekiston-Gruziya” do’stlik jamiyati (DJ) 1998 yilda tashkil qilingan bo’lib, o’z faoliyatini jamiyatning Nizomiga muvofiq yuritadi. O’zR Adliya vazirligidan ro’yxatdan o’tgan bo’lib, 1998 yil 13 noyabrda № 332 raqamli guvohnomani olgan. “O’zbekiston-Gruziya” do’stlik jamiyatning yangi Ustavi 2017 yil 25 aprelda O’zR Adliya vazirligidan yangitdan ro’yxatdan o’tkazilgan.
2008 yilda “O’zbekiston-Gruziya” DJ umumiy yig’ilishida rais vazifasiga saylov natijalariga ko’ra A.Abdullaev saylangan. 2016 yil 23 martda jamiyatning navbatdagi yig’ilishida u yangi muddatga qaytadan saylandi. Jamiyat a’zolari (bir ovozdan) unga ovoz berishdi.
Bosh vazifalar. Jamiyatning Ustavida DJ faoliyatining asosiy vazifasi sifatida madaniy-ma’rifiy, ilmiy-ta’limiy sohalarda O’zbekiston hamda Gruziya xalqlari o’rtasida aloqalarni yanada rivojlantirish deb belgilangan.
Mazkur maqsadlarga erishish uchun “O’zbekiston-Gruziya” DJ O’zbekiston va Gruziya xalqlari o’rtasida rishtalar o’rnatish va mustahkamlash; mamlakatimiz haqida gruzin xalqi ko’z o’ngida ijobiy, haqqoniy fikr shakllantirish, nohukumat va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar o’rnatish borasida ishlar olib bormoqda.

Oxirgi tadbirlar 

2017 yil 23 may kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Vatan tinchligi va ravnaqi – ulug’ ne’mat” mavzuida davra suhbati tashkillashtirildi.
2017 yil avgust oyida Xalq bankining bosh binosida Gruziyaning O’zbekistondagi elchixonasi xodimi ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni keng nishonlandi. Suhbat davomida o’zaro madaniy gumanitar sohadagi aloqalarni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
2017 yil 14 sentyabrь kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari Qo’mitasi, “O’zbekiston-Ozarbayjon” va “O’zbekiston-Gruziya” do’stlik jamiyatlari hamkorligida “Millatlararo totuvlik va bag’rikenglik – barqarorlik omili” mavzusida¬gi davra suhbati o’tkazildi.
2017 yil oktyabrь oyida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Yaxshi qo’shnichilik, o’zaro hurmat va e’tibor – totuvlikka erishishning muhim sharti” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

“O’zbekiston-Qirg’iziston” do’stlik jamiyati

“O’zbekiston-Qirg’iziston” do’stlik jamiyati (DJ) 1996 yil 24 iyulь kuni tuzilgan va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan ro’yxatdan o’tkazilgan. DJ ustavi 1997 yil 6 iyunda № 262 raqami asosida ro’yxatdan o’tgan.
2017 yil 7 martdagi jamiyat a’zolarining umumiy majlisida O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O’zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali Ahmedov DJ raisi lavozimiga saylangan.
Bosh vazifalar. Jamiyatning Ustavida DJ faoliyatining asosiy vazifasi sifatida madaniy-ma’rifiy, ilmiy-ta’limiy sohalarda O’zbekiston hamda Qirg’iz xalqlari o’rtasida aloqalarni yanada rivojlantirish deb belgilangan.
Mazkur maqsadlarga erishish uchun “O’zbekiston-Qirg’iziston” DJ O’zbekiston va Qirg’iziston xalqlari o’rtasida rishtalar o’rnatish va mustahkamlash; mamlakatimiz haqida qirg’iz xalqi ko’z o’ngida ijobiy, haqqoniy fikr shakllantirish, nodavlat va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar o’rnatish borasida ishlar olib bormoqda.
Jamiyat faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 26 maydagi № PF-1785 Farmoniga, 1991 yil 15.02dagi Jamoatchilik tashkilotlari haqidagi qonun va 1999 yildagi NNT haqidagi qonunlarga, shuningdek, Jamiyatning Nizomiga asosan olib boradi.
O’zbekiston Respublikasining oxirgi paytlardagi Markaziy Osiyo respublikalari bilan olib borayotgan ijobiy aloqalar, ushbu davlatlarning O’zbekistonning tarixiy-madaniy diqqatga sazovor joylariga qiziqish bildirishlari, shuningdek, ikki xalqning ma’naviy hayot, madaniy aloqalarni o’rnatish, ma’lumotlar almashish, ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish borasidagi ishlari etiborga molik. Bularning barchasi ishonch, bir-birini tushunish va tinchlik muhitini yaratadi. “O’zbekiston-Qirg’iziston” do’stlik jamiyati ushbu yo’nalishlarda tadbirlar tashkillashtirib kelmoqda.
• Asosiy vazifalari. Oxirgi yillarda do’stlik jamiyati O’zbekiston va Qirg’iziston xalqlari o’rtasidagi do’stlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida o’zining yo’nalishlarini belgilab olgan. Jumladan,
• — ikki mamlakatning davlat tadbirlarini nishonlash;
• o’zbek va qirg’iz xalqining adabiyot namoyandalari bilan uchrashuvlar tashkillashtirish;
• yil nomlariga bag’ishlab tadbirlar tashkillashtirish.
Oxirgi tadbirlar

“O’zbekiston-Qirg’iziston” do’stlik jamiyati madaniyat, san’at, adabiyot, shuningdek, ishlab chiqarishdagi yangi hamkorlarni izlashni davom etmoqda.
2017 yil mart va sentyabrь “Do’rmon” madaniyat uyida O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda Navro’z va Mustaqillik bayrami inshonlandi.
2017 yil 25 mayda do’stlik jamiyati a’zolari “Milatlararo totuvlik va bag’rikenglik – barqarorlik omili” mavzusidagi tadbirda ishtirok etishdi.

“O’zbekiston-Qozog’iston” do’stlik jamiyati

“O’zbekiston-Qozog’iston” do’stlik jamiyati 1998 yil 11 noyabrda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan ro’yxatdan o’tkazilib, unga 294 raqamli guvohnoma berilgan. 2017 yil may oyida o’tkazilgan hisobot-saylov majlisida do’stlik jamiyati raisi lavozimiga “Uzkimyosanoat” AJ raisi Abdullaev Abduxashim Abdullaevich saylandi.
DJ tarkibiga jamoatchilikning turli qatlamlari vakillar a’zo bo’lishgan: olimlar, madaniyat vakillari, OAV vakillari, ishlab chiqaruvchilar va boshqalar.
Qozog’istondagi hamkorlar:
— Janubiy Qozog’iston viloyati o’zbeklar etnomadaniy birlashmasi;
— Olma-Ota shahri o’zbeklar etnomadaniy markazi;
— “Do’stlik” Qozog’iston Respublikasi o’zbeklar etnomadaniy birlashmalari Assosiasiyasi.
O’zbekiston Respublikasining oxirgi paytlardagi Markaziy Osiyo respublikalari bilan olib borayotgan ijobiy aloqalar, ushbu davlatlarning O’zbekistonning tarixiy-madaniy diqqatga sazovor joylariga qiziqish bildirishlari, shuningdek, ikki xalqning ma’naviy hayot, madaniy aloqalarni o’rnatish, ma’lumotlar almashish, ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish borasidagi ishlari etiborga molik. Bularning barchasi ishonch, bir-birini tushunish va tinchlik muhitini yaratadi. “O’zbekiston-Qozog’iston” do’stlik jamiyati ushbu yo’nalishlarda tadbirlar tashkillashtirib kelmoqda.
Asosiy vazifalari. Oxirgi yillarda do’stlik jamiyati O’zbekiston va Qozog’iston xalqlari o’rtasidagi do’stlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida o’zining yo’nalishlarini belgilab olgan. Jumladan,
— tadbirlar tashkillashtirish, ikki mamlakatning davlat tadbirlarini nishonlash;
— do’stlikni tarannum etuvchi milliy festivallar (“Mushoira” oqinlar bellashuvi, “Aytishuv” oqinlar konkursi);
— qo’shiqchi va raqossalar guruhi ishtirokidagi konsert dasturlari “Juldыz”, “Arzlar”;
— qozoq milliy amaliy amaliy hunarmandchilik ko’rgazmasi.

“O’zbekiston-Ozarbayjon” do’stlik jamiyati

“O’zbekiston-Ozarbayjon” do’stlik jamiyati (DJ) 1998 yil 18 noyabrda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan ro’yxatdan o’tkazilib, unga №339 raqamli guvohnoma berilgan.
2013 yil 12 iyunda jamiyatga Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Shavkat Safarovich Sharifov rais etib saylangan.
Asosiy vazifalari. Jamiyat O’zbekiston va Ozarbayjon o’rtasidagi do’stlik aloqalarini rivojlantirish bo’yicha faoliyat olib bormoqda. Shu orqali Ozarbayjon xalqi ko’z o’ngida O’zbekiston suveren, demokratik va huquqiy davlat, madaniy aloqalar borasida uning faol hamkori sifatida har tomonlama haqqoniy tasavvur shakllanishiga o’z hissasini qo’shib kelmoqda. DJ o’z faoliyatini Nizomiga mos tarzda amalga oshirmoqda.
Jamiyat faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 26 maydagi № PF-1785 Farmoniga, 1991 yil 15.02dagi Jamoatchilik tashkilotlari haqidagi qonun va 1999 yildagi NNT haqidagi qonunlarga, shuningdek, Jamiyatning Nizomiga asosan olib boradi.
“Ozarbayjon-O’zbekiston” DJ hamkor tashkilot bilan aloqalar yo’lga qo’yilgan. Uning raisi parlament deputati Eldor Ibragimov.
Do’stlik jamiyati tomonidan o’tkaziladigan tadbirlar ham jamiyatning tasdiqlangan Nizomi va yillik ish rejasiga muvofiq tarzda bo’lib o’tadi. Bugungi kunda madaniy soha mamlakatlararo hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlashda katta ahamiyat kasb etmoqda. DJning tadbirlari ikki xalq an’analari, urf-odatlari bilan tanishtirishga ko’mak beradi. Xususan,
• O’zbekiston-Ozarbayjon do’stlik kechalari, madaniy va yubiley, ikki xalq milliy bayramlariga bag’ishlangan va boshqa turdagi tadbirlani o’tkazib kelmoqda.
“O’zbekiston-Ozarbayjon” do’stlik jamiyati va Ozarbayjonning O’zbekistondagi elchixonasi o’rtasida do’stona aloqalar yo’lga qo’yilgan.

Oxirgi paytda o’tkazilgan tadbirlar

2017 yil fevralь oyida “O’zbekiston-Ozarbayjon” do’stlik jamiyati Alisher Navoiy nomidagi o’zbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlikda Zahiriddin Muhammad Boburning 534 yilligiga bag’ishlab, “Bori elga yaxshilik qilgilki” mavzusida badiiy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.
2017 yil 23 may kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Vatan tinchligi va ravnaqi – ulug’ ne’mat” mavzuida davra suhbati tashkillashtirildi.
2017 yil 14 sentyabrь kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari Qo’mitasi, “O’zbekiston-Ozarbayjon” va “O’zbekiston-Gruziya” do’stlik jamiyatlari hamkorligida “Millatlararo totuvlik va bag’rikenglik – barqarorlik omili” mavzusida¬gi davra suhbati o’tkazildi.
2017 yil oktyabrь oyida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Yaxshi qo’shnichilik, o’zaro hurmat va e’tibor – totuvlikka erishishning muhim sharti” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

«O’zbekiston-Polsha» do’stlik jamiyati

«O’zbekiston-Polsha» do’stlik jamiyati 1998 yil 15 oktyabrь kuni Toshkent shahrida tashkil etilgan va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ro’yhatidan o’tgan. Jamiyat O’zbekiston va Polsha xalqlar o’rtasida madaniy-ma’rifiy aloqalarni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan ixtiyoriy, o’z-o’zini boshqaruvchi, nodavlat respublika jamoat birlashmasi hisoblanadi. U keng jamoatchilikni O’zbekiston va Polsha xalqlarining boy madaniy merosi bilan tanishtirishga xizmat qiladi.

Jamiyatning vazifalari: axborot almashuvi, mamlakatimiz haqida axborot-ma’lumot fondlari va ma’lumotlar banklarini yaratish, konferensiyalar, davra suhbatlari, seminar-treninglar tashkil etish, Polsha xalqini O’zbekistonning madaniyat, san’at, ilm-fan va ta’lim sohalaridagi yutuqlari bilan tanishtirish, O’zbekiston Respublikasiga va Polsha Respublikasiga bag’ishlangan konsert, tele va filьmlar namoyishlari, ko’rgazma, kompleks tadbirlarni tashkillashtirish.

Jamiyatning hamkorlari: Jamiyat O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari Qo’mitasi va «Svetlisa Polьska» Respublika Polsha madaniyat markazi bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ygan.

Bugungi kunda madaniy soha mamlakatlar o’rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ma’naviy aloqa, madaniyatlarning o’zaro aloqasi, axborot almashuvini takomillashtirish-bularning barchasi o’zaro ishonch, hamfikrlilik va doimiy tinchlik muhitini yaratadi.
Bunda jamiyat tomonidan tashkillashtirilayotgan ikki xalqning madaniy an’analari va urf-odatlari bilan tanishishga qaratilgan jamiyatning faoliyatining ham o’rni katta:
• O’zbekiston va Polshaning milliy bayramlarini o’tkazish;
• O’zbek va polyak san’atkorlari tomonidan ijro etilgan klassik musiqa konsertlarini tashkil etish;
• Turli ijtimoiy-siyosiy mavzular bo’yicha seminar-treninglar, konferensiyalar va davra suhbatlarini tashkil etish;
• Mavzuli viktorinalar, fotoko’rgazmalar, tanlovlarni tashkil etish;
• Polshalik yakka shaxslarga va shaxslar guruhiga ko’mak berish;
• Xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik jamiyatlari va madaniy-ma’rifiy aloqalar kengashi, Polsha Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi tomonidan o’tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish.

28.04.2017y. 2017—2021 yillarda O’zbekiston Respublikasining rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakat strategiyasini amalga oshirish bo’yicha davlat dasturining 5-yo’nalishiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari Qo’mitasi, «O’zbekiston-Fransiya» i «O’zbekiston-Shveysariya» do’stlik hamjamiyatlari bilan hamkorlikda «Inson manfaatlari – oliy qadriyat» mavzusida Davra suhbati o’tkazildi.

«O’zbekiston-Fransiya» do’stlik jamiyati 

«O’zbekiston-Fransiya» do’stlik jamiyati 1998 yilda tashkil topgan. Jamiyatning maqsadi: O’zbekiston va Fransiya davlatlari o’rtasida ta’lim, ilm-fan, adabiyot, san’at va madaniy sohalarida do’stlik aloqalarini rivojlantirishdan iborat.
2017 yil 3 mayda «O’zbekiston-Fransiya» do’stlik Jamiyati raisi va yangi tarkib qayta saylandi. O’zbekiston Milliy Universtiteti rektori A.R.Maraximov «O’zbekiston-Fransiya» do’stlik jamiyati raisi, R.X.Shirinova ijrochi direktor etib tayinlandi.

«O’zbekiston-Fransiya» do’stlik jamiyatining vazifalari: 

— O’zbekiston va Fransiya davlatlari o’rtasida madaniy-ma’rifiy va do’stlik aloqalarini o’rnatish;
— Davlat tashkilotlari bilan xamkorlikda ilmiy va madaniy aloqalar olib borish;
— O’zbekistonda va Fransiyada xalqaro seminarlar, simpoziumlar, ilmiy-amaliy anjumanlar o’tkazish;
— Xorijiy davlatlarga O’zbekistonning madaniyati, san’ati, ilm-fan va ta’lim sohalarida erishgan yutuqlarini targ’ib qilish;
— O’zbekistonda istiqomat qiluvchi fransuzlar bilan do’stlik aloqalarini mustahkamlash va Fransiyada istiqomat qiluvchi vatandoshlar bilan o’zaro yaqin hamkorlikni takomillashtirish;
— Xorijiy investorlarni jalb qilish, xalqaro fondlar va ijtimoiy uyushmalar bilan madaniy-ma’rifiy aloqalarni yuksaltirishga qaratilgan hamiylik loyihalarni amalga oshirish;

HAMKOR TAShKILOTLAR

«O’zbekiston-Fransiya» do’stlik jamiyati respublikadagi barcha do’stlik jamiyatlari bilan shuningdek, Toshkentdagi “Fransuz-Alьyansi”, O’zbekistondagi Fransiya elchixonasi, Ruan universiteti (Fransiya), Xalqaro til va madaniy ishlar assosiasiyasi (Fransiya ), O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi, O’zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik olib boradi.
Xalqaro tadbirlar:
— 2017 yil noyayubrь oyida Fransiyada bo’lib o’tgan “Til va madaniyat” festivalida jamiyat a’zolari maxsus dastur bilan ishtirok etdi.
— Parijdagi O’zbekiston elchixonasida xalqaro ekspertlar va O’zbekistonlik yoshlar ishtirokida “O’zbekiston-Fransiya do’stlik aloqalarini rivojlantirishda xalq diplomatiyasining o’rni” mavzuida davra suhbati bo’lib o’tdi.
— 2018 yil 3 yanvarda O’zbekiston Milliy universiteti, O’zbekiston Davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat yuridik instituti, Toshkentdagi “Fransuz Alьyansi” tashkiloti bilan birgalikda Fransiyaning Ruan universiteti bilan shartnoma imzoladi. Hozirgi kunda fransuz o’qituvchisi Klemantin Jilard ushbu o’quv yurtlarida dars bermoqda.

Respublikada o’tkazilgan tadbirlar:
— 2017 yil 3 mayda «Xotira va Qadrlash kuni»ga bag’ishlangan konferensiya o’tkazildi;
— 2017 yil 5 iyunda fransuz yozuvchisi Lyusьen Kerenning «Amir Temur saltanati» kitobi ko’rgazmasi o’tkazildi;
— 2017 yil 4 sentyabrda O’zbeksiton Respublikasi mustaqilligining 26 yilligiga bag’ishlangan “Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston” mavzuida tabdir o’tkazildi;
— 2017 yil 21-oktyabrda “Til – millat ko’zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.