Qo‘mita haqida

Обновлено: 27 сентября 2026 1 мин чтения

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi PF-5046-son Farmoni va 2017-yil 23-maydagi PQ-2993-son Qaroriga asosan tashkil etilgan.

Qo‘mitaning asosiy vazifalari — mamlakatda millatlararo totuvlikni ta’minlash, milliy madaniy markazlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va xorijiy davlatlar xalqlari bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirishdir.