Версия для слабовидящих

2021 yil glavnaya Популярные новости

1 apreldan boshlab Toshkent shahrida ommaviy tadbirlar vaqtincha to‘xtalishi mumkin

Toshkentda ommaviy madaniy tadbirlar va to‘ylarda karantin talablariga rioya etilishi bo‘yicha nazorat kuchaytiriladi. Agar vaziyat 1 apreldan yomonlashsa, ular vaqtincha taqiqlanishi ham mumkin.

Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasi yangi shtammlari keng tarqalishini oldini olish bo‘yicha Toshkent shahar shtabining yig‘ilishida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Poytaxtdagi to‘y, maraka va marosimlarni o‘tkazishda ham Respublika maxsus komissiyasi qarorlari bilan belgilangan tartib-qoidalar va karantin talablari, sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etilishi bo‘yicha nazoratni qat’iylashtirish belgilandi.

Toshkent shahar shtabi tomonidan:

  • sport musobaqalarini tomoshabinsiz o‘tkazish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi;
  • epidemiologik vaziyat yomonlashgan taqdirda joriy yilning 1 aprelidan boshlab ommaviy tadbirlarni vaqtincha to‘xtatib turish yuzasidan Respublika maxsus komissiyasiga taklif kiritishga kelishib olindi.
Print Friendly, PDF & Email
loading