Версия для слабовидящих

2021 yil glavnaya Популярные новости Yangi O'zbekiston

1-fevraldan qog‘oz ko‘rinishidagi oylik yo‘l chiptalari sotuvi to‘xtatiladi

1-fevraldan boshlab qog‘oz ko‘rinishidagi oylik yo‘l chiptalari sotuvi to‘xtatiladi. Shu kundan e’tiboran imtiyozli elektron oylik yo‘l chiptalari uchun belgilangan kunlik tariflar faollashtiriladi.

2021-yil 1-fevraldan boshlab barcha turdagi (talaba, o‘quvchi, nafaqa hamda aholi uchun) mo‘ljallangan qog‘oz ko‘rinishidagi oylik yo‘l chiptalari sotuvga chiqarilmaydi. Bu haqda Toshshahartransxizmat xabar bermoqda.

Shuningdek, 1-fevraldan imtiyozli elektron oylik yo‘l chiptalari uchun belgilangan kunlik tariflar faollashtiriladi.

Elektron oylik yo‘l chiptalarini birinchi bor xarid qilayotgan yo‘lovchilarning transport kartalarida 30 kunlik tarif avtomatik tarzda yoqiladi

Sotib olingan elektron oylik yo‘l chiptalaridagi tariflar birinchi to‘lovni amalga oshirgan kundan boshlab, tarifda belgilangan kunga qadar amal qilinadi.

Avvalroq, “Gazeta.uz” Transport kartalarini qayerdan sotib olish, qanday to‘ldirish, ulardan foydalanish va transport kartasini sotib olmasdan transport uchun pul to‘lash bo‘yicha qo‘llanma e’lon qilgan edi.

Print Friendly, PDF & Email
loading