2020 yil glavnaya

164 nafar O‘zbekiston fuqarosi navbatdagi charter reys bilan Misrdan vatanga qaytarildi

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan joriy yilning 10 avgust kuni Misrdan navbatdagi charter reys tashkil qilindi. Bu pandemiya boshlangandan buyon to‘rtinchi bor amalga oshirilayotgan maxsus parvozdir. Bu galgi reys bilan 164 nafar hamyurtimiz O‘zbekistonga olib kelindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimizning Misrdagi diplomatik vakolatxonasi xabar berishicha, yo‘lovchilarning asosiy qismi oliy o‘quv yurtlarida taʼlim olayotgan talaba va o‘quvchilar hamda ularning yaqin qarindoshlaridan iborat.

Yurtdoshlarimiz respublika mutasaddi tashkilotlari xodimlari tomonidan belgilangan tartibоtga ko‘ra, 10 kunlik karantinga joylashtirildi. Tibbiy xizmatga muhtojlarga tegishli yordam ko‘rsatildi.

Maʼlumot o‘rnida, 11 avgustga qadar Misrda koronavirusga chalinganlar 95 ming 666 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 53 ming 779 nafari kasallikdan sog‘aygan, 5 ming 35 inson esa vafot etgan.