2020 yil glavnaya Yangi O'zbekiston

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

f a r m o n i

Mamlakatimizda aziz va moʻtabar ayol zotiga munosib ehtirom koʻrsatish, opa-singillarimizning davlat va jamiyat hayotida tutgan oʻrni va nufuzini oshirish, yurtimizning iqtisodiy qudrati va jahon miqyosidagi mavqeini yuksaltirish borasidagi ulkan xizmatlarini munosib qadrlash maqsadida hamda oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, aholi farovonligini taʼminlash, farzandlarimizni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, sogʻlom va barkamol etib tarbiyalash ishlariga qoʻshgan katta hissasi, yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlidagi samarali mehnati bilan tashabbus va ibrat koʻrsatib kelayotgani uchun bir guruh xotin-qizlar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlansin:

“Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan

Chusovitina Oksana Aleksandrovna Sport gimnastikasi boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

 

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan
Kuznetsova Svetlana Mixaylovna Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining sport gimnastikasi boʻyicha katta murabbiyi

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Batirova Margarita Azizovna Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining tillar kafedrasi professori
Boymatova Sibiniso Musurmonqulovna Sharof Rashidov tumanidagi “Musurmon ota” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Jizzax viloyati
Djamilova Gulchexra Mannonovna Oʻzbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi
Ibragimova Rixsixon Ismailovna Oʻzbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi
Kariyeva Bernara Raximovna Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasining xoreografiya kafedrasi professori
Maxmudova Robaxon Anvarovna Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi
Sadullayeva
Gulchexra
Oʻzbekiston davlat satira teatri aktrisasi

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Adilova Fatima Tuychiyevna Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika instituti laboratoriya mudiri
Babajanova Zulfiya Reimbayevna “Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyatining kimyo sexi boshligʻi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Gʻafforova Fotima Mehnat faxriysi, Samarqand viloyati
Maripova Saodat Toraxanovna
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya
va mineral resurslar qoʻmitasining
“Mineral resurslar instituti” davlat korxonasi shoʻba mudiri
Mendiyeva
Ranoxon
Uchkoʻprik tumanidagi “Mendiyeva Ranoxon” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Fargʻona viloyati
Parpibayeva Ozoda Abdukadirovna Toshkent viloyati mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari
Sabirova Vazira Talipovna Mehnat faxriysi, Toshkent shahri
Turayeva Gavxarjan Ibragimovna Gurlan tumanidagi “Navroʻz” folklor- etnografik xalq jamoasi badiiy rahbari, Xorazm viloyati
Shodmonova
Mavlyudaxon
Marhamat tumanidagi “Barhayot Nozimjon fayzi” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Andijon viloyati
Yunusova Manzuraxon Pazliddinovna Andijon viloyati hokimining oʻrinbosari – mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi
Yusupova Tuti Oʻzbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi

I darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan

Jalolova Sabohat Ashurkulovna Sariosiyo tumanidagi 29-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Surxondaryo viloyati
Muminova Madina Rashidovna Namangan shahridagi “Baby plaza” xususiy maktabi direktori, Namangan viloyati

II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan

Aslanova Dilbar Xasanovna Samarqand iqtisodiyot va servis institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori, Samarqand viloyati
Axmedjanova Pokiza
Shavkatovna
Guliston shahridagi “Bolalar shaharchasi” direktori, Sirdaryo viloyati
Raximova Mukaddas Aralovna Yakkabogʻ tumanidagi “Madaniyat tekstil koʻp tarmoqli” masʼuliyati cheklangan jamiyatining ishlab chiqarish taʼlimi ustasi, Qashqadaryo viloyati
Saburova Injigul Jumabayevna Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlinmasining “Muxalles” dutorchilar ansambli baxshi-sozandasi
Usmanova Saodat Umarovna Namangan davlat universitetining pedagogika va psixologiya kafedrasi katta oʻqituvchisi, Namangan viloyati
Haitova Rohat Axmadjonovna Vobkent tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori, Buxoro viloyati

“Doʻstlik” ordeni bilan

Abdullayeva Maksuda
Sultanovna
Urganch tumanidagi “Urganch parranda invest” xususiy korxonasi rahbari, Xorazm viloyati
Akramova Zulayxo Abdurazoqovna Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi aʼzosi
Axmadaliyeva Nodira
Kaxramonovna
Andijon tumanidagi “Gold Andijan pharma” qoʻshma korxonasi direktori, Andijon viloyati
Baxodirova
Valentina
Grigoryevna
Oʻzbekiston Qizil yarim oy jamiyatining Qamashi tumani tashkiloti raisi, Qashqadaryo viloyati
Djavlanova Kimyoxan Kurbanbayevna Quyi Chirchiq tumani hokimligining xotin-qizlar kengashi aʼzosi, Toshkent viloyati
Jolimbetova Aytgul Aymbetovna Moʻynoq tumanidagi 15-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Kambarova Nasiba Axmadaliyevna Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining faxriy diktori
Mustafayeva
Zamira Rustamovna
Gʻallaorol tumanidagi “Sarbozor qurilish trans” xususiy korxonasi rahbari, Jizzax viloyati
Obloberdiyeva
Zuhro
“Hunarmand” uyushmasining Buxoro viloyati boshqarmasi aʼzosi, kashtachi-usta
Sabitova Madiya Irkinovna Karmana tumanidagi “Polipropilen quvurlar” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Navoiy viloyati
Saidbekova Daxiyatpocho
Babayevna
Soʻx tumanidagi “Sarikanda” qishloq vrachlik punktining umumiy amaliyot shifokori, Fargʻona viloyati
Suvonova Dilbar Nabiyevna Termiz shahridagi 12-Mehribonlik uyi direktori, Surxondaryo viloyati
Sutsepina Viktoriya Dmitriyevna “Toshkent quvur zavodi” qoʻshma korxonasi rahbari, Toshkent shahri
Umarova Nigora Telmanovna Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining maʼnaviyat va maʼrifat kafedrasi mudiri
Umarova Nodira Nigmatullayevna Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qoshidagi “Ishga marhamat” monomarkazi direktori
Usmanova Izrabu Aripovna Rishton tumanidagi “Izrail Izrabonu” oilaviy korxonasi rahbari, Fargʻona viloyati
Xolbekova Begoyim Abduraxmonovna Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining ingliz tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta oʻqituvchisi
Shanazarova Aziza Abdumalikovna Amerika Qoʻshma Shtatlarining Kolumbiya universiteti professori
Shirinova Mavlyudaxon Rasulovna “Sabr” Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi direktori
Ermatova Nazokat Boyovut tumanidagi “Ziyokor” mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Sirdaryo viloyati

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

Abdullayeva Umida Xazratovna Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari – xotin-qizlar masalalari boʻyicha boʻlim boshligʻi
Boboqulova Guli Rajabovna Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Olot” chegara bojxona posti
katta inspektori

“Shuhrat” medali bilan

Beknazarova Saida Safibullayevna Toshkent axborot texnologiyalari universitetining audiovizual texnologiyalar kafedrasi professori
Bovaqulova Mavjuda Raximberdiyevna Yangiyoʻl shahridagi “Baxor style” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
Dadadjanova Iroda Abdulazizovna Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining “Yosh kuch” jurnali bosh muharriri
Igamberdiyeva
Parizod Kadirovna
Fargʻona davlat universitetining kimyo kafedrasi katta oʻqituvchisi, Fargʻona viloyati
Inakova Barnoxon Baxodirovna Andijon davlat tibbiyot institutining pediatriya va neonatologiya kafedrasi mudiri, Andijon viloyati
Islomova Gulmira Raxmonovna “Hunarmand” uyushmasining Nurota tumani boʻlimi aʼzosi, kashtachi-usta, Navoiy viloyati
Karimova Navbaxor Valijanovna Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Oʻzbekiston 24” telekanali siyosiy sharhlovchisi
Mamadiyorova Yulduzoy Karshiyevna Shahrisabz tumanidagi “Shakhrisabz tour” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qashqadaryo viloyati
Mamarasulzoda
Zulxumor
Abulkosim qizi
Jizzax viloyati madaniyat boshqarmasi qoshidagi “Maqom” ansambli maqomchisi
Mansurova Munisa Anvarovna Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi kafedrasi mudiri
Raxmatova Farogʻat Shavkatovna Denov tumanidagi “Smart kids” nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi mudiri,
Surxondaryo viloyati
Turdimuratova
Aynur Baxtibayevna
Nukus shahridagi “Jayxun universal qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyati kran mashinisti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Xalikova Xamida Azimjonovna “Bekobodsement” aksiyadorlik jamiyatining sex tegirmon mashinisti, Toshkent viloyati
Ximmatova Yulduzoy Shaxritdinovna “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatining sex apparatchisi, Navoiy viloyati
Xusainova Nafisa Rustamovna Samarqand shahridagi “Samarkand-England eco medisal” qoʻshma korxonasining sifat taʼminoti boʻlimi boshligʻi, Samarqand viloyati
Xusanova Gavxar Mamarajabovna Sayxunobod tumanidagi «Gulbahor ziyo
kitob savdo» masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Sirdaryo viloyati
Shukurova Gulchehra Shoyiqulovna Qorakoʻl tumanidagi “Gullar chehrasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Buxoro viloyati
Eshchanova Javhar Ataxanovna Yangibozor tumanidagi “Hamid Olimjon” mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Xorazm viloyati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                                         Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2020-yil 6-mart