2019 yil bosh-sahifa Dolzarb xabarlar Tadbirlar

AQSHdagi oʻzbek vatandoshlar bilan madaniy va maʼrifiy aloqalarni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama etildiAQSHdagi oʻzbek vatandoshlar bilan madaniy va maʼrifiy aloqalarni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama etildi

24-iyul kuni Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida OAV xodimlari uchun AQSHda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning tarixiy vatanlariga tashrifi yakunlariga bagʻishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. 

Unda Chikago shahridagi  Oʻzbek-Amerika assotsiatsiyasi prezidenti Olim Sharipov rahbarligida bir guruh oʻzbek vatandoshlari, doʻstlik jamiyatlari mutasaddi xodimlari, turli vazirlik va tashkilotlardan taklif etilgan mehmonlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

 

Xabardor.uz muxbiri bergan xabarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi Amerika Qoʻshma Shtatlarida istiqomat qilayotgan oʻzbek vatandoshlar faollari bilan “AQSHdagi vatandoshlar bilan madaniy va maʼrifiy aloqalarni yoʻlga qoʻyish” masalalarida qator amaliy ishlar amalga oshirilgan.

Xususan, bu yoʻnalishda qoʻmita tomonidan AQSHdagi vatandoshlar bilan qator videokonferensiyalar tashkil etildi va muntazam muloqotlar olib borilmoqda.

 

Bundan tashqari, joriy yilning 8-iyul kuni Chikago shahrida “Oʻzbek-Amerika assotsiatsiyasi” prezidenti rahbarligida bir guruh vatandoshlarning farzandlari tarixiy yurtlariga tashrif buyurishgan, unda Samarqandga safar uyushtirilgan edi.

Amalga oshirilgan ishlar amerikalik yoshlarning oʻz tarixiy vataniga mehrlari oshishi, yurtiga boʻlgan muxabbat tuygʻusining shakllanishi, oʻz ona tillarini mustahkam bilishi, tarixni oʻrganib, milliy gʻururning uygʻonishiga xizmat qiladi.