Версия для слабовидящих

2020 год glavnaya Популярные новости Мероприятия

“Bag‘rikenglik haftaligi”ga start berildi

O‘zbekistonda bugun “Bag‘rikenglik haftaligi” boshlandi
Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlab ushbu haftalikni o‘tkazish tashabbusi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasidan chiqdi.

Bugun mazkur haftalik munosabati bilan bugun – 11-noyabr kuni Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, xorijiy davlatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan OAV vakillari hamda internet blogerlari ishtirokida press-konferensiya o‘tkazildi.

16-noyabrgacha davom etadigan haftalik davomida turli madaniy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-amaliy tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, tadbir doirasida O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” festivali laureatlarini taqdirlash marosimi hamda rassomlar va milliy madaniy markazlarning yosh ijodkorlari badiiy asarlari ko‘rgazmasi ochiladi.

12-noyabr kuni A. Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetida milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlarining fuqarolik forumi o‘tkaziladi.

Forumda milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlarining faoliyati, chet eldagi vatandoshlar bilan ishlashda “xalq diplomatiyasi” tamoyilining ahamiyati, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari faoliyatiga oid qonunchilikni takomillashtirish masalalari yuzasidan davlat organlari va jamoat tashkilotlari vakillari ma’ruzalar o‘qiydi.

Shu kunning o‘zida “Turkiston” san’at saroyida “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostida O‘zbekiston san’at ustalari hamda milliy madaniy markazlar qoshidagi badiiy jamoalar va havaskorlar guruhlarining gala-konserti bo‘lib o‘tadi.

Print Friendly, PDF & Email
loading