2020 год glavnaya

“Bahor” davlat raqs ansambli” tashkil etildi

Avvalroq xabar berganimizdek, “Milliy raqs san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Madaniyat vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida “Mukarama Turg‘unboeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli” faoliyati tashkil etildi va uning asosiy vazifalari belgilandi.
O‘zbekistonda raqs san’atini yanada rivojlantirish, milliy raqs san’atining mumtoz va zamonaviy ijro namunalari “oltin fondi”ni yaratish davlat raqs ansamblining vazifalaridan biri hisoblanadi.
Davlat raqs ansambli konsert-tomosha faoliyatini tegishli litsenziya olmasdan, shuningdek, O‘zbekistonda konsert-tomosha tadbirlarini bir martalik ruxsatnoma olmasdan amalga oshirish huquqiga ega.
Davlat raqs ansamblining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ijodkorlari ijtimoiy sharoitini yaxshilash maqsadida doimiy homiylik yordami ko‘rsatishni nazarda tutuvchi “Do‘stlar klubi” tashkil etiladi.