Muhtarama opa-singillar, munis onaxonlar!
Ayol – bu bahor, ayol ilohiyatga daxldor siymo!
Dunyoning abadiyligi, xusnu-jamolin go‘zalligi ham siz ayollardandir!
Xalqaro hotin-qizlar bayramining bahor faslining boshlanishida nishonlanishi bejiz emas. Chunki bu vaqtda tabiat qishki uyqudan uyg‘onadi, atrof-muhitimiz gullab yashnaydi, gulu-chechaklarga burkanadi.
Aziz va mo‘’tabar onaxonlar, opa-singillar!
Barchangizni bahorning ilk ayyomi bo‘lmish, yurtimizda keng nishonlanadigan Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan samimiy qutlashga ijozat bergaysizlar.
Sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, oilalaringizda tinchlik osoishtalik, to‘kin-sochinlik va ko‘ngil butunligini tilayman.
Chehrangizdan hamisha tabassum va nafosat arimasin. Qalbingiz nurga to‘lib atrofingiz hamisha gullab yashnashiga tilakdoshman.
Qo‘mitamiz jamoasi nomidan Rustambek Qurbonov