2020 год glavnaya

Bugun tugʻilgan kun

2-noyabr (xotira)
Oʻzbekiston xalq shoiri Aleksandr Faynberg 1939-yil 2-noyabrda Toshkentda tavallud topgan.

Aleksandr Faynberg 1965-yil Toshkent Davlat universitetining (hozirga OʻzMU) jurnalistika fakultetini tugatgan. Shoirning oʻndan ortiq sheʼriy toʻplami Toshkent, Moskva va Sankt-Peterburgda chop etilgan. Uning qalamiga mansub yettita badiiy film ssenariysi oʻziga xosligi va hayotiyligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, u yigirmadan ziyod multfilm va koʻplab nasriy asarlar muallifi sanaladi.
Sharq mumtoz sheʼriyati anʼanalari uning ijodiy uslubiga begona emas. Faynberg ijodining muhim qismini badiiy tarjima tashkil etadi. Oʻzbek sheʼriyatini mukammal bilgan shoir oʻzbek shoirlarining sheʼr, dostonlarini rus tiliga mohirona tarjima qilgan.
Shoir 2009-yilda Toshkent shahrida vafot etgan.