Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, shu kungacha Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 35 ming 386 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
5 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni egallab turgan xududlar quyidagicha: Samarqand viloyati (1ming 783 nafar), Toshkent shahri (1ming 691 nafar), Toshkent viloyati (1ming 321 nafar), Namangan viloyati (1ming 171 nafar), Andijon viloyati (1ming 128 nafar).
Emlash jarayoni davom etmoqda.