2019 yil bosh-sahifa Dolzarb xabarlar

Din ishlari boʻyicha qoʻmita: Yurtimiz hududida diniy manbalar, qadriyatlar, muqaddas tuygʻular hurmat qilinishi shart

Internet, ijtimoiy tarmoqlar biz yashayotgan asrni olamshumul va tasavvurga sigʻmaydigan qiyofada namoyon etmoqda. Bugunga kelib bir insonning qarashlari jamiyatning boshqa aʼzolariga va hattoki, butun jamiyatga taʼsir etmay qolmayapti.

Avvalo shuni qayd etish lozimki, Oʻzbekiston fuqarosi (u kim boʻlishidan qatʼi nazar) Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishi, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdir.
Diniy taʼlimot oʻta nozik va xassos boʻlgani tufayli muayyan din nomidan va uning mohiyati haqida faqatgina mutaxassislar munosabat bildirishlari maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
Yurtimiz hududida diniy manbalar, qadriyatlar, muqaddas tuygʻular hurmat qilinishi shart. Ularga nisbatan haqoratli soʻz ishlatish, yomon munosabatda boʻlishga hech kimning haqqi yoʻq.
Oʻzbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonunda fuqarolarning diniy eʼtiqodi bilan bogʻliq his-tuygʻularini haqoratlash, diniy qadriyatlarni oyoq osti qilish qonunda belgilangan javobgarlikni keltirib chiqarishi keltirib oʻtilgan.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Din ishlari boʻyicha qoʻmita