bosh-sahifa

Har kunimiz – Navro’z bo’lsin!

Hurmatli va aziz Vatandoshlar!
Sizlarni, oila a’zolaringizni bahor va yangilanish ayyomi – Navro’z bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!
Bayram shukuhi, bahor nafasi va Vatanimizning nurafshon olami Sizlarga hamisha hamroh va madadkor bo’lsin. Har kunimiz – Navro’z bo’lsin.
Vatanimiz tinch, osmonimiz musaffo bo’lsin!

Ushbu qutlug’ sana munosabati bilan Sizlarni Milliy madaniy markazlarning badiiy jamoalari hamda san’at ustalari ishtirokidagi bayram shodiyonalariga taklif etamiz. Tadbirda turli millatlarning xalq amaliy san’ati namunalari ko’rgazmalari, milliy taomlari, xalq o’yinlari namoyish etiladi.
Bayram tadbirlari Toshkent shahar Do’stlik bog’idagi yozgi sahnada 2018 yil 21 mart soat 11.00da boshlanadi.
Ehtirom ila,
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan aloqalar qo’mitasi raisi R.Qurbonov.
Manzilimiz: Toshkent sh. Yakkasaroy tumani, Bobur ko’chasi (oldingi Bobur nomidagi istiroxat bog’i).
Tel: 253 57 69, 253 57 74