2021 yil glavnaya Популярные новости

«Hech kim aholini majburiy emlamaydi» — Bahodir Yusupaliyev

SES rahbari Bahodir Yusupaliyev fuqarolar biror vaksinani olishga majbur emasligini ma’lum qildi. «Biz fuqarolarimizni biror vaksinani olishga majburlamaymiz. Ular istagan vaksinasi bilan emlanishi mumkin», — deydi u.

17 mart kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari Bahodir Yusupaliyev O‘zbekiston fuqarolari biror vaksinani olishga majbur emasligini ma’lum qildi.

«Hozirgi kunda JSST qoshidagi komissiya, undan tashqari Yevropa komissiyasi ko‘rib chiqadi. Shunga yarasha xulosa qilinadi. Shunga qarab biz ham o‘zimizni munosabatimizni bildiramiz. Hech kim aholini majburiy emlamaydi. Xohlasangiz mana AstraZeneca / Oxford, xohlasang O‘zbek-Xitoy yoki „Sputnik V“ vaksinasi. Ixtiyoriy ravishda emlanadi. Tanqislik bor, ishlab chiqarish quvvati yetmayapti. Lekin, bugungi kunda faqat 660 mingta AstraZeneca birinchi bo‘lib olib kelindi», — dedi u.

SES rahbari aynan qanday turdagi vaksinalar O‘zbekistonga keltirilayotgani haqida ham gapirgan.

U, shuningdek, Xitoy vaksinasini olib kelish bo‘yicha ham muzokaralar olib borilayotganini qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq, Bahodir Yusupaliyev vaksinaning nojo‘ya ta’sirlaridan sug‘urtalanish mumkinmi, deya berilgan savolga «ihtiyoriy sug‘urtamiz bor, uni qilsa bo‘ladi. Lekin majburiy sug‘urta hozircha bizda yo‘q», — deya javob bergan edi.

Uning o‘rinbosari Nurmat Otabekov esa «odamlarni vaksinatsiya jarayonlariga undash uchun kasallar soni qo‘paytirib ko‘rsatalayotgani yo‘q», deya aytgan edi.

loading