Версия для слабовидящих

2020 yil glavnaya Популярные новости Yangi O'zbekiston

«Hukumat matbuotni xavf-xatar emas, o‘ziga sherik deb bilishi kerak» — Xelena Frayzer

BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Frayzer inson huquqlari doirasida so‘z erkinligining ahamiyati haqida so‘zladi. Shuningdek, u blogerlar, jurnalistlar, OAV xodimlari faoliyatini erkin olib borishlariga ta’qiqlar qo‘yilmasligini va bunday vaziyatlarda ximoya choralari ko‘rilishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.

BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Frayzer Xalqaro press-klubdagi davra suhbatida inson huquqlari doirasida so‘z erkinligining ahamiyati haqida gapirdi.

«2018 yilda O‘zbekiston hukumatiga „Inson huquqlari kengashining universal davriy hisobot“ doirasida taqdim etilgan 201 ta tavsiyanomadan 30 tasi so‘z erkinligi va matbuot erkinligi hamda jurnalistlarning himoyasiga doirdir», — dedi Xelena Frayzer.

«Bu sohada esa blogerlar, jurnalistlar, OAV xodimlari faoliyatini erkin hamda sermahsul olib borishlariga yo‘l ochib berishlari kerak, aks holda ularga himoya choralarini ko‘rish kerak bo‘ladi», — deya ta’kidlab o‘tdi BMTning doimiy koordinatori.

«Albatta, bundan tashqari, mutasaddi rahbarlarning o‘zida ham bu jarayonga bo‘lgan yondashuv o‘zgarib borishi kerak, deb o‘ylaymiz va so‘z erkinligi, matbuot erkinligi faoliyatiga hech qanday taqiq ko‘rsatmasligi kerak», — deb qo‘shimcha qildi u.

Print Friendly, PDF & Email
loading