2020 год glavnaya

Joriy yilning 9 oyida yurtimizga 4,9 mln. sayyoh kelgan

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra joriy yilning to‘qqiz oyida O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan sayyohlar soni o‘sishida yuqori sur’atlarni namoyish etmoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma’lum qildi.Shunday qilib, 2019-yilning to‘qqiz oyi davomida yurtimizga kelgan xorijiy sayyohlar soni 4,9 million kishini tashkil qilgan. Mazkur natija o‘tgan yilning shu davriga (2018-yilning 9 oyida – 3,9 million kishi) nisbatan 26 foizlik o‘sishni ko‘rsatmoqda.

 

O‘zbekistonga turli mintaqalardan kelayotgan xorijiy mehmonlar oqimining o‘sish sur’atlari turlicha. Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlaridan tashrif buyurayotgan xorijiy sayyohlar sonining o‘sishi  24,1 hamda 26,3 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, uzoq xorijiy mamlakatlardan kelayotgan turistlar soni 54,8 foizga o‘sgan.

Uzoq xorij hamda MDH mamlakatlaridan O‘zbekistonga sayohat qilganlar orasida eng ko‘p tashrif Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Afg‘oniston, Xitoy, Koreya Respublikasi va boshqa mamlakatlardan qayd etilgan.