2020 год glavnaya

“Kamalak jilosi” rasmlar koʻrik-tanlovi gʻolib va sovrindorlari taqdirlandi

“Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, Xalq taʼlimi vazirligi, Badiiy akademiya va qator tashkilotlar bilan hamkorlikda Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida anʼanaviy “Kamalak jilosi” respublika rasmlar koʻrik-tanlovi oʻtkazib kelinmoqda.

Bolalarni sanʼat va madaniyatga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning tasviriy sanʼat va badiiy ijodga boʻlgan mehrini oshirishda muhim ahamiyat kasb etayotgan mazkur tanlov bu yil har doimgidanda qizgʻin oʻtdi.
Unda 1500 oʻgʻil-qiz ishtirok etdi. Viloyat bosqichida gʻolib deb topilgan ishtirokchilarning 100 dan ortiq rasmlari va 80 dan ortiq amaliy sanʼat asarlari tanlovning yakuniy bosqichiga taqdim etildi. Tasviriy asarlar hamda amaliy sanʼat asarlari yoʻnalishi boʻyicha 12 gʻolib aniqlandi.
Toshkent fotosuratlar uyida tashkil etilgan marosimda Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari oʻrtasidagi “Kamalak jilosi” respublika rasmlar koʻrik-tanlovi gʻoliblari taqdirlandi.
Ularga diplom, sovgʻalar topshirildi. Koʻrik-tanlov ishtirokchilari nominatsiyalar boʻyicha ham taqdirlandi.

 

Mohigul Qosimova, Otabek Mirsoatov (surat), OʻzA