2020 yil glavnaya

Karantindagilarda koronavirus aniqlanmadi

Samarqand temir yoʻl transport kasb-hunar kolleji yotoqxonasida karantinga joylashtirilgan xorijdan olib kelingan 145 nafar fuqaroning 14 kunlik tibbiy nazorat muddati tugadi. Shuningdek, bugun Samarqand tumanidagi “Doʻstlik” oromgohida karantinda saqlangan 292 kishining muddati tugab, ular oʻz uylariga kuzatildi. Samarqand viloyat salomatlikni tiklash shifoxonasida karantinda boʻlgan fuqarolardan 45 nafarining ham karantinda boʻlish muddati bugun yakuniga yetdi.
Ushbu yurtdoshlarimizning hech birida koronavirus alomatlari aniqlanmadi va ular bugun sogʻ-salomat holda oʻz manzillariga joʻnab ketmoqda. Buning uchun maxsus avtobuslar tashkil etildi.
Bu fuqarolar endi uy sharoitida yana maʼlum muddat tibbiy kuzatuvda boʻladi.
GʻHASANOV, OʻzA