2020 год glavnaya Популярные новости

Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva mass-mediani rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashiga rahbarlik qiladi

31-yanvar kuni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi muassislari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda Jamoat fondi vasiylik kengashi tarkibi shakllantirildi, deb xabar beradi fond matbuot xizmati.

Jamoat fondi ustaviga binoan qabul qilingan qarorga ko‘ra, Allamjonov Komil Ismoilovich Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi, Mirziyoyeva Saida Shavkatovna uning o‘rinbosari etib saylandi.

Foto: Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi matbuot xizmati

Foto: Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining asosiy maqsadi ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarning huquqlarini ro‘yobga chiqarishda ko‘mak berish, mamlakatda so‘z erkinligini mustahkamlashda jamoatchilik institutining rolini oshirish, O‘zbekistonning xalqaro imijini yanada yaxshilashga ko‘maklashish va boshqalardir.

29-yanvar kuni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi Komil Allamjonov va uning o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva iste’foga chiqqan edi.