2021 yil bosh-sahifa Dolzarb xabarlar

Latviyadagi O‘zbek madaniyat markazi rahbariga «Xalqlar do‘stligi» ko‘krak nishoni topshirildi

Mamlakatimizning Rigadagi elchisi Qadambay Sultonov Latviyadagi O‘zbek madaniyat markazi rahbari Alim Abdusaidovga «Xalq do‘stligi» ko‘krak nishonini tantanali tarzda topshirdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Elchixona ma’lumotiga ko‘ra, Alim Abdusaidov uzoq yillardan buyon O‘zbekiston va Latviya xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlari rivojiga, xalqimizning boy madaniyati, an’analari va qadimiy tarixini Latviya jamoatchiligi orasida ommalashtirishga salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda. U Latviyada vatandoshlar orasida katta hurmat qozongan. Alim Abdusaidov ikki mamlakat o‘rtasidagi xalq diplomatiyasini qo‘llab-quvvatlashda ham faol ishtirok etib kelmoqda.

A.Abdusaidov bunday  yuksak e’tiborga sazovor bo‘lish katta sharaf ekanini ta’kidladi.

— Kamtarona mehnatimga bunday yuksak baho berilgani uchun O‘zbekiston rahbariyatiga samimiy minnatdorligimni bildiraman. Bu mukofot O‘zbekiston va Latviya o‘rtasidagi xalq diplomatiyasini rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarimni yanada faollashtirishga undaydi, — dedi u.