2021 yil bosh-sahifa

Litvadan munosabat: «Vatandoshlar» jamoat fondining tashkil etilishi xorijdagi vatandoshlarning sa’y-harakatlarini birlashtiradi

Litvadagi O‘zbekiston madaniyat markazi raisi Laylo O‘rmonova mamlakatimizda tashkil etilgan «Vatandoshlar» jamoat fondi haqidagi o‘z fikr-mulohazalarini o‘rtoqlashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

— Bizning diasporamiz O‘zbekistonda kechayotgan keng ko‘lamli islohotlar va yurtimizdan kelayotgan yangiliklarni katta qiziqish bilan qabul qiladi. O‘zbekiston Prezidentining qarori bilan «Vatandoshlar» jamoat fondining tashkil etilgani, shubhasiz, xorijdagi barcha yurtdoshlarimiz singari bizlarni ham juda quvontirdik.

Ishonchim komilki, ushbu fond O‘zbekistondagi va xorijdagi vatandoshlarning sa’y-harakatlarini birlashtiradi va butun dunyodagi yurtdoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun maqsadli mablag‘lar bazasini yaratish imkonini beradi.

Pandemiya davrida vatandoshlar uchun zarur bo‘lgan insonparvarlik yordami bilan bir qatorda, dunyoning turli mamlakatlaridagi o‘zbekistonliklarning madaniy-ma’rifiy faoliyatini rag‘batlantirish va moliyalashtirish uchun zarur mablag‘lar yo‘naltirilishi mumkin.

Bu juda muhimdir. Fondning yana bir vazifasi — yangi O‘zbekistonning barpo etilishiga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish, mamlakatda kechayotgan ortga qaytmas islohotlarga nisbatan vatandoshlarning ishonchini mustahkamlashdan iborat, deb o‘ylayman.