O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan joriy yilning 30 aprel’ kuni O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya Qirolligidagi elchixonasi va “O‘zbekiston-Buyuk Britaniya” do‘stlik jamiyati “Maqom – zamon bilan hamnafas” mavzusida xalqaro onlayn ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Qo‘mita raisi Rustambek Qurbonov, O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya Qirolligidagi Favqulotda va Muxtor elchisi Said Rustamov, “Buyuk-Britaniya-O‘zbekiston” do‘stlik jamiyati raisi Lui Skayner va boshqalar ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida Qo‘mita raisi Rustambek Qurbonov Bugungi kunda O‘zbekiston dunyoning turli davlatlari bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan siyosat olib borayotgani, bu jarayonda, xalq diplomatiyasidan ham unumli foydalanilayotganligi, mamlakatimizda barcha millat vakillari uchun o‘z madaniyati, urf-odatini asrab-avaylash, milliy qadriyatlarni rivojlantirish uchun barcha sharoit yaratilganligi borasida fikr mulohazalarini bildirdi. Jumladan u “Bugungi kunda O‘zbekistonda 147 ta milliy-madaniy markazlar va 36 ta do‘stlik jamiyatlari faoliyat olib borayotganligi, jumladan, ikki mamlakatning do‘stlik aloqalarida 1998 yilda tashkil etilgan “O‘zbekiston-Buyuk Britaniya” do‘stlik jamiyatining ham munosib o‘rni bor” dedi.
O‘z o‘rnida O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya Qirolligidagi Favqulotda va Muxtor elchisi Said Rustamov ham hamkorlik aloqalarida xalq diplomatiyasi va madaniy almashinuv vositalaridan foydalanish o‘zaro tushunish va ishonchni mustahkamlashga yordam berishini ta’kidlab o‘tdi.
Qayd etish joiz, o‘tgan yili Qo‘mita va “Britaniya-O‘zbekiston” jamiyati o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash hamda kelgusida ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan onlayn uchrashuv o‘tkazilgan edi. Tashkil etilgan “Maqom – zamon bilan xamnafas” onlayn ijodiy uchrashuvi ham o‘zaro hamkorlikning amaldagi ifodasi bo‘ldi.
Tadbirda O‘zbekistonda Shoshmaqom maktabini asooschilaridan biri ustoz Turgun Alimatov nabirasi Abror Zufarov boshchiligidagi “Ustazoda” guruxi ijrosida Maqomi kuylari chalinib, Yevropa mamlakatlaridagi klassik musiqa shaydolariga Makom maktabini nakadar boy va ming yillik tarixga egaligi, o‘zbek millatini manaviy boy me’rosi bilan tanishish imkoni berildi.
Videokonferensiya konstruktiv ruhda o‘tib, ishtirokichlar kelgusida ham bunday uchrashuvlarni muntazam o‘tkazish taklifini berishdi.
Qo‘mita matbuot xizmati