Suv toshqiniga uchragan hududdan ko‘chirilgan o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, rus, koreys, tatar, tojik va boshqa millatlarga mansub aholining barchasiga oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon hamda boshqa zaruriy vosita va buyumlar o‘z vaqtida, yetarli miqdorda yetkazib berilmoqda. Har bir insonning e’tibordan mutlaqo chetda qolmasligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi xodimlari suv toshqinidan talofot ko‘rgan hududlarda bo‘lib, vaziyat bilan yaqindan tanishishdi.
