bosh-sahifa

Mukofot egasiga topshirildi

2018 yil 1 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida AQShning Chikago, Filadelfiya, Atlanta, Sietl shaharlarida istiqomat qilayotgan amerikalik vatandoshlarimiz – o‘zbek diasporalari assotsiatsiyalarining rahbar va faollari ishtirokida videokonferensiya o‘tkazilgan edi. Unda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan 16 ta vazirlik va idora vakillari qatnashdilar.
Videokonferensiyada muhokama qilingan vazifalar doirasida, Chikagodagi O‘zbek-Amerika assotsiatsiyasi Prezidenti Olim Sharipov Navro‘z bayrami munosabati bilan 13-16 yoshdagi o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘zbek tilida erkin mavzuda insho tanlovi e’lon kildi va uning g‘oliblarini takdirlash niyatida ekanini bildirdi. Tanlovda g‘olib deb topilganlarga Assotsiatsiyaning maxsus diplomi, pul mukofoti hamda tashkilot logotipi tushirilgan futbolkalar yuborildi.

 
Tanlovda faxriy uchinchi o‘rin Farg‘ona shahar 2-chet tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning 6-sinf o‘quvchisi Javlonbek Badalovga nasib etdi. Mukofot joriy yilning 24-may kuni Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida Javlonbekning otasiga topshirildi. U o‘z hursandchiligini izxor etib, O‘zbek-Amerika assotsiatsiyasi Prezidenti Olim Sharipovga shuningdek Qo‘mita rahbarlariga minnatdorchiligini bildirib, bunday ma’rifiy tadbirlar albatta yosh avlodning o‘z Vatani va xalqiga munosib farzand bo‘lib yetishib chiqishiga xizmat qiladi dedi.

 

Shuningdek, Jizzax viloyati 11-umumta’lim maktabi 9-sinf o‘quvchisi O‘g‘iloy Normurodova ham faxrli uchinchi o‘rin sohibi bo‘ldi. Mukofotni olib ketish uchun uning otasi Shavkat Otajonov Qo‘mitaning xodimlari bilan uchrashib, o‘z minnatdorchiligini bildirdi.