2022 yil bosh-sahifa Dolzarb xabarlar Tadbirlar Yangi O'zbekiston

Natali German: “BMTning Markaziy Osiyoda terrorizmga qarshi global strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi” dunyodagi birinchi hujjat bo‘ldi

Bunday bahoni BMT Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Natali German Oliy darajadagi xalqaro konferensiya davomida aytib o‘tdi.

N.German ta’kidlaganidek, bundan o‘n yil avval Ashxobodda BMTning Markaziy Osiyoda terrorizmga qarshi global strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Qo‘shma harakatlar rejasi qabul qilingan. Bu Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlarning birgalikdagi sa’y-harakatlarini belgilab beruvchi jahondagi birinchi hujjat edi. Uning fikricha, bunday noyob hujjat mintaqa davlatlarining zo‘ravon ekstremizm va terrorizm masalalari bo‘yicha hamfikr bo‘lib, mintaqaviy darajada hamkorlik qilish maqsadida qabul qilingan.

N.German o‘z chiqishida so‘nggi yillarda, ayniqsa, COVID-19 pandemiyasi sharoitida kiberxavfsizlikning dolzarbligi sezilarli darajada oshganini ta’kidladi. Global miqyosda vaziyat ancha murakkablashdi. Axborot urushlari jamiyatda ekstremal qarashlar shakllanishiga yordam beradi, ekstremistik va terroristik tashkilotlar uchun qulay zamin yaratishi mumkin.

Markaz rahbari, shuningdek, yangi Qo‘shma reja Markaziy Osiyo mamlakatlari va BMTning yaqin yillarda zo‘ravon ekstremizmning oldini olish va terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi hamkorligi uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilishiga umid bildirdi.

Go‘zal Sattorova,

A’loxon Abdullayev, (surat) O‘zA