2021 yil glavnaya Популярные новости

Niqobsiz yurganlik uchun jarima bekor qilingani yo‘q — Adliya vazirligi

O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi munosabati bilan joriy etilgan niqobli tartib bekor qilinmagan. Karantinli sharoitda niqobsiz bo‘lganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha (1 mln 225 ming so‘m) miqdorda jarima solinadi, deb ogohlantirdi Adliya vazirligi matbuot kotibi.

amoat joylarida tibbiy niqobsiz yurish jarimaga tortishga sabab bo‘ladi, qonunchilikda belgilangan javobgarlik bekor bo‘lgani yo‘q, deya ogohlantirdi Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara Urinbayeva.

Ma’muriy javobgarik to‘g‘risidagi kodeksining 54-moddasiga asosan epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralari belgilangan.

«Unga ko‘ra, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish — bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha (1 mln 225 ming so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi», dedi Adliya vazirligi matbuot kotibi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar hokimligi poytaxtda karantin talablariga rioya qilish qat’iy nazoratga olinishini ma’lum qilgan edi. «Toshshahartransxizmat» jamoat transportida yo‘lovchilarga tibbiy niqob taqish talab etilishi haqida xabar bergan.

loading