2021 yil glavnaya Популярные новости

«O‘limlar sonining 622 ta yoki 623 ta bo‘lishi, bu — jiddiy ob-havo yaratmaydi» — Nurmat Otabekov

Nurmat Otabekov 5 mart kuni Zangiotadagi shifoxonaga koronavirus infeksiyasi tashxisi bilan yetkazilgan va 7 mart kuni vafot etgan bemor to‘g‘risidagi xabarga izoh berar ekan, SVV ushbu o‘lim holati chindan ham koronavirus bilan bog‘liq yoki yo‘q ekanligi natijasini kutayotganini ma’lum qildi. «O‘limlar sonining 622 ta yoki 623 ta bo‘lishi, bu — jiddiy ob-havo yaratmaydi», — dedi u.

Nurmat Otabekovning qayt etishicha, SVV ushbu o‘lim holati chindan ham koronavirus bilan bog‘liq yoki yo‘q ekanligi natijasini kutmoqda.

«Jalilovning vafoti haqidagi ma’lumot statistik raqamlarda o‘z aksini topmaganligi to‘g‘risida aniqlik kiritadigan bo‘lsak, bemordan dastlabki olingan namuna musbat natija bergan va bemor Zangiotadagi shifoxonaga yotqizilgan. Zangiotadagi shifoxonada referens laboratoriya mavjud bo‘lib, u yerda olingan namuna manfiy natija bergan. SVV patologik anatomiya tekshirishlar natijalarini kutyapti. Qachonki, mutaxassislar qayd etilgan o‘lim koronavirus bilan bog‘liqligini tasdiqlasa, shundagina bu statistika raqamiga qo‘shiladi. O‘limlar sonining 622 ta yoki 623 ta bo‘lishi, bu — jiddiy ob-havo yaratmaydi», — deydi Nurmat Otabekov.

loading