O‘zbek xalqining dunyoga mashhur milliy taomi — palov YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan. O‘zbekiston hududida palov turli uslublarda tayyorlanadi. Toshkentcha “to‘y oshi”, Farg‘ona vodiysining devzira guruchidan qilinadigan palovi, Samarqand palovi, Buxoronining “oshi sofi”si va boshqalar shular jumlasidandir.
“Dunyo” AA fotomuxbiri Anvar Ilyosov o‘zbek oshxonasining “marvaridi” bo‘lgan palov haqida yorqin fotosuratlar jamlanmasi taqdim etdi.
Quyida undan birgalikda bahramand bo‘lamiz.