2021 yil glavnaya Yangi O'zbekiston

“O‘zbekiston-Latviya do‘stlik jamiyatining ahamiyati” mavzusida onlayn davra suhbati

Toshkent davlat texnika universitetida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston va Latviya mamlakatlari o‘rtasidagi madaniy diplomatik munosabatlarni mustahkamlashda “O‘zbekiston-Latviya do‘stlik jamiyatining ahamiyati” mavzusida onlayn davra suhbati tashkil etildi.

“O‘zbekiston-Latviya” va “O‘zbekiston-Litva” do‘stlik jamiyatlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizning Latviyadagi elchixonasi mutasaddilari, boltiqbo‘yi respublikalarida istiqmoat qilayotgan vatandoshlar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Valeriy Tyan barcha tadbir ishtirokchilarini yurtimizda keng nishonlanayotgan Navro‘z umumxalq bayrami bilan samimiy tabriklab, Qo‘mitaning xorijiy davlatlarda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan har tomonlama aloqalarni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlari haqida gapirib berdi.


Onlayn muloqot davomida vatandoshlar bilan aloqalarni rivojlantirishning ahamiyati va dolzarbligi, ular bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va islohotlarni sifat jihatdan yaxshilashda ularning salohiyatini jalb etish, vatandoshlar va mehnat muhojirlari eng ko‘p istiqomat qilayotgan hududlarda O‘zbekiston madaniy, ilmiy va ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish, o‘zbek tili, madaniyati va an’analarini saqlab qolish va rivojlantirish borasidagi vatandoshlar tashkilotlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi.

Ta’kidlandiki, Boltiqbo‘yi mamlakatlari uchun O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi yetakchi sheriklardan biri bo‘lib, munosabatlarni rivojlantirish har ikki tomoni uchun ham ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Aloqalarning muvaffaqiyatli bo‘lishida xalq diplomatiyasining alohida o‘rni bor. Tadbir davomida Bunday uchrashuvlarni muntazam ravishda o‘tkazish do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi

Videokonferensiya Do‘stona ruhda o‘tdi va tomonlar kelgusi hamkorlik aloqalarni rivojlantirish masalalarini birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishib olishdi. Tadbirning badiiy qismida mashhur xonandalar ijrosida bahoriy kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.