2021 yil glavnaya Yangi O'zbekiston

O‘zbekiston – Qirg‘iziston munosabatlari: strategik hamkorlikning yangi bosqichi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston qo‘shni mamlakatlar sifatida ko‘p asrlik yagona tarix, o‘xshash madaniyat, mushtarak til va ma’naviy qadriyatlarbilan bir-biriga chambarchas bog‘langan. Azaldan xalqlarimiz o‘rtasidagiyaxshi qo‘shnichilik aloqalarini rivojlantirishdao‘zaro hamohanglik kasb etuvchi madaniy-ma’naviy qadriyatlar va an’analar mavjud.

1993 yil fevralda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan edi.Hozirgi kunda ikki mamlakat qonunchilik bazasi 200 dan ortiq hujjatlardan iborat bo‘lib, ulardan O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasidagi abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma va O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida strategik sheriklik, do‘stlik,  yaxshi qo‘shnichilik va ishonchni mustahkamlash to‘g‘risidagi deklaratsiyaning imzolangani muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarning turli davrlariga qaramay, mamlakatlarimiz rahbarlari tomonidan ko‘p asrlik qardoshlik rishtalariga tayangan holda, nafaqat o‘zaro hurmat muhiti saqlanib qolindi, balki yaqinda o‘zaro hamkorlik yangi sifat  bosqichiga ko‘tarildi.

bugungi kunga kelib O‘zbekiston va Qirg‘izistonPrezidentlarining siyosiy irodasi tufayli tomonlar ko‘plab dolzarb masalalarni bartaraf etish va o‘zaro hamkorlik aloqalarining ijobiy o‘sish sur’atiga erishdi.

Shu qatorda, ikki davlat o‘rtasidagi muntazam uchrashuvlar, jumladan BMT,MDH, SHHT,IHT, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi va qator xalqaro tuzilmalardagi ishtiroki o‘zaro munosabatlarning yuqori darajasini namoyon etadi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning shu yil mart oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvi o‘zaro munosabatlarning yanada mustahkamlanishida muhim voqea bo‘ldi.

Ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi ochiq, konstruktiv va do‘stona muzokaralar chog‘ida tomonlar ikki yoqlama hamkorlikning barcha jabhalarini, jumladan, suv resurslari va energetikadan foydalanish, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish, iqtisodiy hamkorlik va transport-logistika masalalari bo‘yicha muhokama o‘tkazdilar.

Bundan tashqari, davlat rahbarlari mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Prezidentlar o‘zbek-qirg‘iz  munosabatlarini do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro ishonch va strategik sheriklik ruhida mustahkamlashga kelishib oldilar. Shuningdek, ikki mamlakatning o‘zaro  manfaatlarini inobatga olgan holda, tomonlar savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishni ta’kidladilar. Ushbu hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlararo komissiyaning o‘rni va ahamiyati qayd etildi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasini kengaytirish maqsadida amaliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan bo‘lib, uning doirasida umumiy qiymati 550 million dollarlik 60 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Xususan, birinchi bosqichda Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘i 50 million dollar ekani ma’lum qilingan bo‘lsa, keyinchalik ushbu ko‘rsatkich 200 million dollarga yetdi.

Shuni ta’kidlashni istardimki, davlatlar rahbarlari tomonidan O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish ustuvor masala sifatida, yaqin oylar ichida yakunlanishi yuzasidan kelishib olindi. Yaqin fursatlarda tegishli tashkilotlar sa’y-harakatlari bilan ushbu kelishuvlar  ijrosi ta’minlanishiga umid bildiramiz.

Umumiyhisobda, muzokaralar yakunlari bo‘yicha jami 22 ta hujjat imzolangan bo‘lsa, undan ikki tomonlama hamkorlikning barcha yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan Prezidentlarning Qo‘shma bayonoti muhim o‘rin egallaydi.

Komil ishonch bilan ayta olamizki, ushbu erishilgan kelishuvlar natijadorligiO‘zbekiston – Qirg‘izistonhamkorligini yuqori pog‘onaga ko‘tarishga turtki beradi.

Shuni ham ta’kidlash kerakki, ayni paytda ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikholati mavjud salohiyatga mos emas. To‘g‘ri, 2016 yildan buyon o‘zaro savdo aylanmasi hajmi 5 barobarga o‘sib, 2020 yil yakuniga qadar 903 million dollardan yuqori ko‘rsatkichga yetdi. Ammo yildan-yilga savdo aylanmasi hajmi oshib borayotgani va iqtisodiy o‘zaro ta’sir doirasi kengayib borayotganiga qaramay, mamlakatlarimiz ushbu sohada foydalanish mumkin bo‘lgan yuqori iqtisodiy salohiyatga ega.

Shuni hisobga olib ayta olamizki, kelgusi yillarda o‘zaro savdo aylanmasi hajmi o‘sishi kutilayotgan aniq natijadir.

Shu bilan birga, Qirg‘iz Respublikasi rahbarining mamlakatimizga tashrifi chog‘ida, “Yashnobod” texnoparki hududida O‘zbekiston – Qirg‘iziston biznes forumi va ikki mamlakat ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkazilgani ham g‘oyat ahamiyatlidir.

Ushbu biznes forumda tomonlar o‘rtasida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan umumiy qiymati qariyb 130 million dollarlik qator investitsiyaviy va savdo shartnomalari imzolandi. Davlatlararo transport yo‘laklarini rivojlantirish, jumladan, O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy temir yo‘li, Toshkent-Andijon-O‘sh-Irkishtom-Qashg‘ar multimodal yo‘lagini barpo etish orqali iqtisodiy hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

bugungi kunda madaniy-gumanitar aloqalar davlatlar o‘rtasida o‘zaro anglashuv muhitini mustahkamlashda muhim o‘rin egallaydi. Shu maqsadda, so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasida muntazam ravishda madaniyat kunlari, festivallar va ko‘plab madaniy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. 2018 yil yurtimizda buyuk qirg‘iz adibi Chingiz Aytmotov tavalludining 90 yillik yubeliyi keng miqyosda nishonlangani fikrimiz yorqin tasdig‘idir.

Shuni ta’kidlash joizki, davlatlarimiz rahbarlari o‘rtasidagi muzokaralar davomida tomonlar 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan Madaniyat va san’at sohasida hamkorlik to‘g‘risidagishartnomani amalga oshirish doirasida qo‘shma tadbirlar rejasini tasdiqladi.

Ta’lim sohasidagio‘zaro hamkorlik aloqalari ham izchil rivojlanmoqda. 2017-2020 yillarda O‘zbekiston oliygohlarida tahsil olayotgan qirg‘iz yoshlari safi 14 baravar oshgan bo‘lsa, Qirg‘iziston universitetlaridagi o‘zbek talaba yoshlari soni 7 baravarga ko‘paygani quvonarli holdir. Ayni paytda ushbu sohada hamkorlikni rivojlantirish uchun ulkan salohiyatga egamiz.Chunonchi, kelgusida universitetlararo aloqalarni mustahkamlash, ikki mamlakat ta’lim muassasalari o‘rtasida shartnomalar va memorandumlar imzolanishiga ko‘maklashish zarur.

Pandemiya davrida O‘zbekiston koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish uchun birinchilar qatorida Qirg‘izistongabeg‘araz yordam qo‘lini cho‘zdi. 2020 yil dekabrdaushbu tibbiy yordam hisobidan Bishkek, Botken va Chuy viloyatlarida infeksiya bilan zararlangan bemorlar uchun uchta modulli shifoxona barpo etildi. Bundan tashqari,ko‘plab tibbiyot jihozlari va tibbiy vositalar ham jo‘natildi.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, o‘zaro manfaatli do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik an’analarini davom ettirgan holda, O‘zbekiston – Qirg‘iziston hamkorligini yanada rivojlantirish tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Mamlakatlarimiz birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli oldimizga qo‘ygan olijanob maqsadlarga erishish yo‘lida jiddiy qadamlarni boshladi va bu o‘z samaralarini berishi aniq.

 

Ramziddin G‘ulomov,

Markaziy Osiyo xalqaro instituti 

yetakchi ilmiy xodim