2020 yil glavnaya

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi COVID-19’ni ambulator hamda uy sharoitida davolash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalingan bemorni ambulator va uy sharoitida davolashda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar haqida ma’lumot berdi.

Vazirlik axborot xizmatining birinchi yo‘riqnomasida COVID-19’ga chalingan bemorlarni ambulator sharoitda davolashning 10 kunlik tartibi haqida so‘z yuritilgan.

Bemorning ichki kasalliklari avvaldan bo‘lgan bo‘lsa, qon bosimini tushiruvchi va qonni suyultiruvchi dorilarni oilaviy shifokor bilan maslahatlashib, uning tavsiyasiga ko‘ra qabul qilish so‘ralgan. Shuningdek, qandli diabet kasalligiga chalinganlarga ham qand miqdorini kamaytiruvchi dorilarni shifokor maslahati bilan qabul qilish tavsiya etilgan.

Kun tartibi va yo‘riqnoma quyidagi infografikada keltirib o‘tilgan.

COVID-19’ga chalingan bemorlarni ambulator sharoitda davolash yuzasidan tavsiyalar