2021 yil bosh-sahifa

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri SHHT TIVK yig‘ilishida ishtirok etadi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 13-14-iyul kunlari Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida tashkilot doirasidagi bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinadi. Afg‘onistondagi vaziyatni siyosiy jihatdan hal qilish jarayoniga SHHTning ko‘maklashishi borasida fikr almashiladi.