Версия для слабовидящих

2021 yil glavnaya Популярные новости Yangi O'zbekiston

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara hududida hamkorlik markazini qurishadi

O‘zbekiston va Qozog‘iston bosh vazirlari ikki mamlakat chegarasi hududida «Markaziy Osiyo» xalqaro savdo iqtisodiy hamkorlik markazi qurilishiga start berishdi. Markaz orqali sutkasiga ikki tomonga 35 ming kishi va 5000 dona yuk mashinalari o‘tishi mumkin bo‘ladi.

10 aprel kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston bosh vazirlari Abdulla Aripov va Askar Mamin o‘zbek-qozoq chegarasi hududidagi «Markaziy Osiyo» xalqaro savdo iqtisodiy hamkorlik markaziga tamal toshi qo‘yishdi. Markaz «G‘ishtko‘prik» («Jibek Jolы») o‘tkazish punkti hududida quriladi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda tomonlar savdo-iqtisodiy, transport-logistika, qishloq xo‘jaligi, turizm, kosmik soha, sanoat, transchegaraviy suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni asrash, mintaqalararo va chegaraviy hamkorlik hamda boshqa sohalardagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

Qozog‘iston bosh vaziri matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, tadbirda avtomobil qurish sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi sanoat majmuasi mahsulotini qayta ishlash hamda yuqori tezlikdagi «Turkiston-Chimkent-Toshkent» temiryo‘l magistralining qurilishi masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

 Muzokaralar natijasida hukumat rahbarlari «Markaziy Osiyo» xalqaro savdo iqtisodiy hamkorlik markazi faoliyatini tashkillashtirish bo‘yicha tadbirlar rejasi, shuningdek temiryo‘l transportini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar protokolini imzolashdi.

Foto: primeminister.kz.

Xalqaro markazning umumiy maydoni 400 gani tashkil etadi, o‘tkazish imkoniyati — sutkasiga ikki tomonga 35 ming kishi va 5000 dona yuk mashinalari. Markaz O‘zbekiston va Qozog‘iston ishtirokidagi qo‘shma investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun yirik sanoat va savdo-logistika maydoni bo‘lishi kutilmoqda. Sanoat kooperatsiyasining eng istiqbolli yo‘nalishlari sifatida ishlov berish sektori, qishloq xo‘jaligi sanoati va yengil sanoat ko‘rilmoqda.

«Qozog‘iston va O‘zbekiston hukumatlari o‘zaro savdo miqyosini 10 mlrd dollarga yetkazish masalasi ustida ishlamoqda. Bugun boshlanayotgan loyiha ushbu maqsadga erishishda yordam beradi va ikkala mamlakatning har tomonlama strategik hamkorligini mustahkamlashda ko‘maklashadi», — dedi Askar Mamin.

Qozog‘iston tomoni ikki mamlakat o‘rtasida yagona tovar o‘tkazish tizimini tashkil etishdan manfaatdor ekanligini bildirdi. Buni O‘zbekistonning Surxandaryo va Farg‘ona viloyatlarida yiliga 67 ming tonna o‘tkazish quvvatiga ega bo‘lgan ulgurji-tarqatish markazlarini ochish orqali amalga oshirish taklif etilgan. Investitsiyalarning umumiy hajmi 22,5 mln dollarni tashkil etadi.

Print Friendly, PDF & Email
loading