Версия для слабовидящих

2021 yil glavnaya Популярные новости Yangi O'zbekiston

O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya imzolandi

Toshkentda O‘zbekiston va Vengriya mamlakatlari o‘rtasidagi strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya hamda hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan yana 9 ta hujjat imzolandi. Mamlakatlar bandlik, atom energetikasi, qishloq va suv xo‘jaliklari sohalarida hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.

30 mart kuni bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban mamlakatlar o‘rtasidagi strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashrif doirasida ko‘p qirrali sheriklikni kengaytirishga qaratilgan hujjatlar imzolandi. Ular:

  • Mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
  • Tashqi ishlar idoralari o‘rtasida 2021−2023 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
  • Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bilan Vengriya Tashqi ishlar va savdo vazirligi o‘rtasida anglashuv memorandumi;
  • Mehnat munosabatlari sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Atom energetikasi sohasida kadrlar tayyorlashda hamkorlik to‘g‘risida;
  • Innovatsiyalar sohasida hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumlari;
  • Madaniyat sohasida idoralararo hamkorlik dasturi;
  • Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlari va chorvachilik sohalaridagi hamkorlik rivojlantirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»;
  • Suv xo‘jaligi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hadli bitimlardir.

Marosimda ikki mamlakat vazirliklari rahbarlari imzolangan hujjatlarni almashdilar.

Abdullo Yodgorov / «Gazeta.uz».

Abdullo Yodgorov / «Gazeta.uz».

Shu bilan birga, Viktor Orban o‘tgan yili koronavirus bilan bog‘liq qiyin epidemiologik vaziyatda Vengriyaga ko‘rsatgan yordami uchun xalqimizga minnatdorlik izhor etdi.

Abdullo Yodgorov / «Gazeta.uz».

O‘zbek olimi Isoq Ibrohim vengriyalik mashhur Herman Vamberining do‘sti va shogirdi bo‘lgan, salkam o‘ttiz yil Budapeshtda yashab, ilmiy faoliyat olib borgan. U mashhur venger yozuvchisi Yanosh Aronning «Ajoyib ohuning hikoyati» asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Mazkur asar yaqinda davlat rahbarining so‘zboshisi bilan Toshkentda nashr etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu kitobni Vengriya bosh vaziri Orbanga taqdim etdi.

Print Friendly, PDF & Email
loading