2020 yil glavnaya

Oʻzbekistonda koronavirus yuqtirganlar orasida ogʻir ahvoldagi bemorlar soni keskin oshdi

2020-yil 9-avgust soat 23:30 holatiga koʻra, mamlakatimizda yana 145 kishi koronavirus yuqtirgani tasdiqlandi va Oʻzbekistonda ushbu infeksiyasi qayd etilganlar soni 30 609 nafarga yetdi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabariga koʻra, 9-avgust kuni mamlakatimizda 691 holatda kasallik qayd etildi. Yangi holatlar koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 3 nafar, Qashqadaryo, Toshkent va Navoiy viloyatlarida 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent, Qashqadaryo, Andijon, Surxondaryo, Namangan hamda Navoiy viloyatlarida jami 726 nafar bemor sogʻaydi.

Bundan tashqari, bir sutkada ahvoli ogʻirlashgan bemorlar soni 516 nafarga koʻpaygan. Bir sutkada ogʻir ahvoldagi bemorlar soni 404, oʻta ogʻir ahvoldagi kasallar soni esa 112 nafarga koʻpaygan.

Xususan, 8-avgust kuni SSV taqdim etgan maʼlumotda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 8 414 nafar bemordan 974 nafari ogʻir, 274 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda ekanligi maʼlum qilingan.

9-avgustda esa davolanayotgan 8 373 nafar bemordan 1 378 nafari ogʻir, 386 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda ekanligi qayd etilgan.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 30 609 nafar bemordan 22 042 nafari sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 72 foizni tashkil etmoqda.