Версия для слабовидящих

2021 yil glavnaya Популярные новости

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash boshlandi (foto)

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksinatsiya jarayoni boshlandi. «Gazeta.uz» Mirobod tumanidagi 1-sonli poliklinikada bo‘lib, vaksinatsiya jarayonini kuzatdi. Bu yerda birinchi bo‘lib bosh shifokor emlandi. Fuqarolar AstraZeneca va xitoy-o‘zbek ZF-UZ-VAS2001 vaksinalaridan birini tanlashlari mumkin.

1 aprel kuni O‘zbekistonda COVID-19ga qarshi vaksinatsiya jarayoni boshlandi. Birinchi bosqichda 65 yoshdan katta bo‘lgan fuqarolar hamda tibbiyot xodimlari emlanmoqda.

«Gazeta.uz» muxbiri bo‘lgan Mirobod tumani 1-son oilaviy poliklinikasida 8 mingdan ortiq fuqaro emlanishi rejalashtirilgan.

Bir kun oldin poliklinikada tayyorgarlik ishlari tugatilib, ikkita vaksina Xitoy-o‘zbek (ZF-UZ-VAK2001) va AstraZeneca (Hindistondan keltirilgan Covishield) olib kelingan. Poliklinka bosh shifokorining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy-o‘zbek vaksinasi uch marotaba, AstraZeneca vaksinasi esa 21−28 kun oralig‘ida ikki marotaba qilinadi.

Ertalab soat 9dan vaksinatsiya boshlangan poliklinika xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, hozircha ko‘proq odamlar Xitoy-o‘zbek vaksinasini tanlashmoqda.

Poliklinika bosh shifokori Xalmuxamedova Nargiza birinchi bo‘lib o‘zi (xitoy-o‘zbek vakinasi bilan) emlandi.

Xalmuxamedova Nargiza.

«Rahbar sifatida men poliklinikaning 152 nafar xodimiga o‘rnak bo‘lishim kerak», — deydi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, poliklinika qoshida ikkita vaksinatsiya punktlari tashkil etilgan — asosiy bino va filialda. Bundan tashqari, tumandagi shifoxonalar, stomatologik klinikalar va boshqa tibbiy muassasalar xodimlarini emlash uchun mobil brigadalar ham tashkil etilgan. Shuningdek, ushbu brigadalar uyida yotgan va poliklinikaga kelolmaydigan 241 nafar fuqarolarni ham emlash uchun safarbar qilinadi.

Poliklinikada ro‘yxatdan o‘tish, vaksina olish, kuzatuv va tibbiy yordam ko‘rsatish xonalari tayyorlab qo‘yilgan.

Vaksinatsiyadan oldin fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Poliklinikada kuzatuv xonasi tashkil etilgan bo‘lib, fuqaro emlanganidan so‘ng 30 daqiqa davomida shifokorlar kuzatuvida bo‘ladi, undan keyin ularga javob beriladi. Vaksinadan nojo‘ya ta’sir ko‘rganlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatiladi.

Keyingi bosqichda ushbu poliklinikada 18 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan 3930 nafar surunkali kasalligi bor bemorlar emlanadi.

«Vaksina olgan fuqaroda harorat ko‘tarilishi, bosh og‘rig‘i, holsizlik, bosh og‘rishi kabi alomatlar kuzatilsa, birinchi o‘rinda uchastka hamshirasi yoki shifokori, immunolog hamda vaksinatorlarga murojaat qilishi mumkin», — deydi bosh shifokor.

Print Friendly, PDF & Email
loading