2021 yil glavnaya Популярные новости Yangi O'zbekiston

O‘zbekistonda masjidlar soni 2 ming 80 taga yetdi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda masjidlar soni yana bittaga ortib, 2080 taga yetdi.

Jumladan, bugun Qoraqalpog‘iston adliya vazirligi tomonidan «Muhammad Baxiy iyshan» masjidi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Masjidning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma diniy tashkilotga topshirildi.

Ayni paytda Qoraqalpog‘iston masjidlar soni 52 tani tashkil qilmoqda.

Taʼkidlash kerakki, mamlakatimizda fuqarolarning boshqa huquq va erkinliklari qatori vijdon va eʼtiqod erkinligini taʼminlashga ham alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Xususan, O‘zbekistonda barcha  din vakillariga o‘z ibodatlarini emin-erkin amalga oshirishi uchun barcha huquqiy asoslar va sharoitlar yaratilgan.