2021 yil bosh-sahifa Yangi O'zbekiston

OQTOM MAHALLASINING YANGI QIYOFASI

Toshkent tumani Oqtom mahalla markazida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik, millatalararo totuvlik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat muhitini qo‘z qorachig‘idek asraylik” deb nomlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari, diplomatik korpus, viloyat va tuman hokimligi mutasaddilari, milliy-madaniy markazlar vakillari, mahalla axli va ommaviy axborot vakillari ishtirok etishdi.

Bu maskanni o‘ziga vatan ichra kichik vatan deb bilgan, bir oila farzandlaridek ahil va inoqlikda yashab, O‘zbekistonimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, rus va boshqa millatlarga mansub yurtdoshlarimiz yuz-ko‘zidagi quvonchning, yuraklarni limmo-lim to‘ldirib, jo‘shqin daryodek toshib chiqayotgan zo‘r ko‘tarinkilik va shukronalik kayfiyatining cheku-chegarasi yo‘q bugun. Mahalla bosh maydonida milliy madaniy markazlarning madaniyati, urf-odati, milliy liboslari va taomlari ko‘rgazmalari tadbir ishtirokchilari va mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

 

 

 

Yangilanayotgan O‘zbekistonning yangilangan mahallasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, bu yerda barpo etilgan ko‘plab ijtimoiy soha ob’ektlari, zamonaviy uy-joylar yurtimizdagi xalqparvar siyosatning, ona zaminimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillariga ko‘rsatilayotgan birdek e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan hayotga izchil tatbiq etilayotgan “Obod qishloq” dasturi natijasida yangi qiyofaga kirgan yuzlab mahalla va qishloqlar qatoridan endi mazkur aholi maskani ham joy oldi. Bugun tumanda 445 nafar ruslar, 1524 nafar qozoqlar, 520 nafar uyg‘urlar, 560 nafar tatar va boshqa millat vakillari istiqomat qilib kelishmoqda. Mustaqilligimizning 30 yillik to‘yi arafasida to‘yga to‘yona sifatida Toshkent tumani Oqtom mahalla hududi obodonlashtirilib yangi madaniyat markazi binosi barpo etilib foydalanishga topshirildi. Yosh qiz va ayollar uchun 100 ishchi o‘rinlik tikuvchilik fabrikasi, ko‘p qavatli binolar va zamonaviy uy-joylar qurilib halqimizga tuxfa etildi.

 

  

 

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik yo‘lini tanlaganiga 30 yil to‘ldi. Ushbu buyuk ne’matga erishish yo‘li murakkab bo‘ldi. Bugun yurtimizning har bir xududi obodonlashib, yurtimiz aholisiga go‘zal shart-sharoitlar yaratilmoqda. Xususan, Prezidentimizning 2021 yil 2 apreldagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari orqali bir qancha qishloq va mahallarlar obod bo‘lib ko‘zni quvontiradigan xolatga keltirildi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab mamlakatimizda bag‘rikenglik va insonparvarlik rivojlandi, millatlararo hamjixatlik va totuvlik mustahkamlandi. Barcha fuqarolarga millati, dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar teng huquq va imkoniyatlar yaratish davlat siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib tayinlandi. Bugun yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat, 16 ta diniy konfessiyalar vakillari hamjixatlikda bir oila bo‘lib yashab mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelishmoqda. Ana shunday ko‘pmillatli va ko‘p elatli yurtimizda musaffo osmon ostida ahil-inoq bo‘lib og‘a-inilardek yashab kelayotgan halqimizning hursandchiligi cheksiz.

 

 

 

Respublika tojik milliy madaniy markazi raisi Gulandon Subhanova o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib shunday dedi: “Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘zlarining bayram tabriklarida O‘zbekistonimizning salohiyati katta, boyliklari ko‘p. Lekin bizning eng katta boyligimiz millatlararo totuvlik, o‘zaro do‘stona munosabatlar va bu boyligimizni qo‘z qorachig‘idek saqlashimiz kerak deb aytdilar. Yangi O‘zbekistonimizni qurayapmiz va bu borada albatta halqlar do‘stligi, millatlararo birdamlik buning asosiy kuchi bo‘lib hisoblanadi. Mana bugun bu yerda o‘nta millatdan ortiq hamyurtlarimiz bir oiladek shu bayramni nishonlashmoqda, o‘zlarining hursandchiliklarini baham ko‘rishmoqda. Albatta mana shu hamjtxatlikda, tinchlikda gap ko‘p. Bu Prezidentimiz orzu qilgan kunlar. Yangi O‘zbekistonni qurishda biz yoshlarga o‘zimizning tajribamizni, ilmimizni o‘rgatamiz va bunda kuch-quvvatimizni, g‘aratmizni ayamaymiz”.

 

 

 

Toshkent shahar tarat ijtimoiy madaniy markazi raisi Rishat Nabiullin: “Davlatimiz tomonidan har bir millat vakillariga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. O‘zining mamlakati, millati ravnaqi uchun chin dildan xizmat qilganlar davlatimizning yuksak mukofotlariga sazovor bo‘lishadi. Prezidentimiz bizning oldimizga qo‘ygan vazifalarni bajarishimiz uchun bor kuch g‘ayratimizni safarbar qilishimiz, jonajon vatanimizning gullab yashnashiga o‘zimizning hissamizni qo‘shamiz deb ishonch bildiraman. Bu bizning muhtaram Prezidentimizga javobimiz bo‘ladi. Yangi O‘zbekistonni yangi pog‘onaga ko‘tarishga tatar millati vakillari ham boshqa millatlar bilan birga halol mehnati bilan o‘z hissamizni qo‘shamiz deb ishonch bildiraman”.

 

 

 

O‘zbekiston koreys milliy madaniy markazlari assotsiatsiyasi raisi Viktor Pak: O‘zbekistonda yashab, O‘zbekistonda xizmat qilish baland parvoz gaplar emas. Biz har kuni o‘z ko‘zimiz bilan mamlakatimizda bo‘layotgan tub o‘zgarishlarni ko‘rib turibmiz. Bu ko‘pmillatli xalqimizning samarali mehnatidir. Bugun yurtimzning eng chekka mahallarari ham zamonaviy yangi qiyofaga kirmoqda. Oqtom mahallasidagi o‘zgarishlar ham so‘zimning isbotidir. Ayollarimizga qurib foydalanishga topshirilgan tikuvchilik fabrikasi, barocha qulayliklarga ega madaniyat markazi, shinam uylarning barchasi xalqimizning turmushini yaxshilashga qaratilgan ishlarning namunasidir. Bu ishlar so‘nggi besh yilda mamlakatimizning shiddat bilan rivojlanganidan dalolat beradi”.