2021 yil bosh-sahifa Yangi O'zbekiston

Poytaxtimizning Yangi Hayot tumanidagi “Green Park” bog‘ida do‘stlik festivali tashkil etildi.

Mamlakatimiz mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan Poytaxtimizning Yangi Hayot tumanidagi “Green Park” bog‘ida “Yangi bag‘rikeng O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” mavzusida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Chilonzor, Sergeli va Yangi hayot tumani hokimliklari bilan hamkorlikda do‘tslik festivali tashkil etildi. Tadbirda Qo‘mita rahbariyati va mutasaddi xodimlari, O‘zbekiston qozoq, tojik, rus, uyg‘ur, koreys, tatar, qrim-tatar va chechen milliy madaniy markazlari vakillari, hududiy sektorlar rahbarlari, mehnat faxriylari, fidoyi ishchilar va yoshlar ishtirok etdi.

Bog‘ning bosh maydonida O‘zbekiston qozoq, tojik, rus, uyg‘ur, koreys, tatar, milliy madaniy markazlarning madaniyati, urf-odati, milliy liboslari va taomlari ko‘rgazmalari tadbir ishtirokchilari va mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
O‘zaro suhbat va muloqotlarda mamlakatimizda inson omiliga yuksak e’tibor berilayotgani, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamiyatimizning har bir a’zosiga g‘amxo‘rlik, mehr-oqibat ko‘rsatilayotgani, inson qadr-qimmati, uning orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratib berish ustuvor vazifaga aylangani bot-bot ta’kidlandi. Yoshi ulug‘ otaxon va onaxonlarimiz hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida o‘z dil so‘zlarini, samimiy fikrlarini bildirdi. El-yurt ravnaqi yo‘lida mamlakatimiz rahbariga yaqin ko‘makchi, kamarbasta bo‘lish lozimligi uch avlodga mansub yurtdoshlarimiz o‘rtasida kechgan samimiy suhbatlar bosh mavzusiga aylandi.

Tadbirda O‘zbekiston qozoq milliy madaniy markazi raisi S.Usenov so‘zga chiqib avvalo, barchani Mustaqilligimizning 30 yilligi bayrami bilan qutladi va erkin va obod jamiyatimiz, farovon turmushimiz, bularning barchasi mamlakatimizda Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan mislsiz o‘zgarish hamda yangilanishlar samarasi ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir davomida mamlakatimizning xushovoz xonandalari tomonidan Vatan, baxt-saodat, tinchlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi. O‘zbekiston rus, qozoq, koreys, qrim-tatar, uyg‘ur milliy madaniy markazlari tomonidan tayyorlangan chiqishlar yig‘ilganlarga ko‘tarinkilik ulashdi.