Avvalroq, Oʻzbekistonga Xitoydan 1 million dozada Xitoy-Oʻzbekiston hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi yetib kelgani haqida xabar bergan edik.
Oʻzbekiston tomonining vaksinani qabul qilib olish jarayonida “Xalq soʻzi” muxbiri ham ishtirok etmoqda va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari oʻrinbosari Nurmat Otabekovga “Koronavirusga chalinganlar ham emlanadimi”, “Siz qaysi vaksinani tanlaysiz” kabi savollar bilan yuzlandi.
“Hamma, koronavirusga avval chalingan, chalinmaganidan qatʼiy nazar emlanadi”, dedi Otabekov.
Shundan soʻng, muxbirimiz Nurmat Otabekovning qaysi vaksina bilan emlanishiga qiziqdi.
“Qanaqa vaksina boʻlsa ham jon deb emlanaman”, dedi u.
Inobat AHATOVA,
“Xalq soʻzi”