2022 yil bosh-sahifa

Qardosh xalqlar qadriyati e’zozlangan yurt

Ma’lumki, bugungi kunda Respublikamiz bo‘ylab 130 dan ortiq millat va elat vakillari hamjihatlikda yashab kelishmoqda. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri ham ko‘p millatli xalqimiz o‘rtasida o‘zaro do‘stona muhit, millatlaro totuvlik va diniy bag‘rikenglik kabi munosabatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan. Ayni shu maqsadlarni amalga oshirish yuzasidan Namangan shahri, Davlatobod tumani «Yelxon» mahalla fuqarolar yig‘inida do‘stlik uchrashuvi o‘tkazildi.

Aytish mumkinki, asosiy aholisi qardosh qirg‘iz millati vakillari istiqomat qiluvchi ushbu mahallada tuman hokimi A.Tadjimirzayev hamda sektor rahbarlari, biriktirilgan hokim yordamchisi tomonidan honadonbay o‘rganishlar amalga oshirilib, mahallaning asosiy drayverlari bo‘lgan sohalar aniqlanib, mahallani kelgusida yanada rivojlantirish fuqarolarga asosli imtiyozli takliflar ishlab chiqilib, aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish masalasi ko‘rildi.

 

Shuningdek, o‘rganish davomida ushbu mahallada istiqomat qiluvchi jamoatchilik ishlarida faol, o‘z honadonida namunali ish tashkil qilgan aholi vakillariga tuman hokimligi nomidan esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalar taqdim qilindi.

Hududda istiqomat qiluvchi, aholi va iqtidorli yoshlar vakillari tomonidan namoish qilingan ko‘rgazmali chiqishlar, shuningdek, milliy liboslar va qirg‘iz milliy taomlari yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.