2021 yil glavnaya Популярные новости

Qirg‘istonlik ilk sayyohlar Andijonga keldi

Joriy yil 6 mart kuni O‘sh viloyatidan 100 nafar sayyoh bir kunlik sayohat bilan Andijonga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Andijon viloyati hokimligi maʼlumotiga tayanib.

Avval xabar berganimizdek, 19 mart kuni O‘sh shahri delegatsiyasi Andijonda bo‘lgan, ushbu tashrif doirasida tomonlar ijtimoiy va boshqa sohalardagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishgan edi.

Ushbu kelishuvlar ijrosi doirasida hamda Andijon viloyatining “In tour” va O‘sh shahridagi “Munduz turist” firmalari hamkorligida o‘shlik 100 nafar sayyohning Andijonga safarini tashkil qildi.

Davlat chegarasida ilk sayyohlar tantanali kutib olinib, mehmonlar Andijonning diqqatga sazovor maskanlari, jumladan, Bog‘i Bobur madaniyat va istirohat bog‘i, Andijon hayvonot bog‘i, Jomeʼ memoriy majmuasi va Eski shahar dexqon bozorida bo‘ldi.