O‘lkamizga bahor kirib keldi. Mamlakatimizning barcha go‘shalarida obodonlashtirish ishlari qizg‘in olib borilmoqda. An’anaga ko‘ra Navro‘z-umumxalq bayrami arafasida yurtimizda yashovchi yoshu qari bir bo‘lishib atrof muhitni ko‘kalamzorlashtirish ishlariga kirishdilar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi xodimlari ham Navro‘z hasharida erta tongdan faol bo‘ldilar.
Qo‘mita atrof-muhit chiqindilardan tozalandi, hududga gul ko‘chatlari, mevali va manzarali daraxtlar ekilib, daraxtlarni oqlash va ularga shakl berish, yo‘laklarni tozalash ishlari bajarildi.
E’tiborli tarafi, ushbu ishlarda Qo‘mita xodimlari bilan bir qatorda milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari vakillari ham faol ishtirok etishdi.
An’anaga ko‘ra jamoa bilan birgalikda milliy taom palov tayyorlanib, hasharchilarga tortiq etildi.