2021 yil bosh-sahifa

Qo‘mitada “Korrupsiya – jamiyat kushandasi” mavzusida seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi T.Narbayeva tomonidan 2021 yil 4 noyabrda tasdiqlangan “9 dekabr-Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida “Korrupsiya – jamiyat kushandasi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda Qo‘mita raisi maslahatchisi Zafarbek Ahmedov mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashishning ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etish maqsadida milliy qonunchilik hujjatlari tobora takomillashtirilib borilayotgani va bu korrupsiya holatlarining har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishga xizmat qilayotganini e’tirof etdi.

Tadbirda shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari — aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.