Версия для слабовидящих

2022 yil bosh-sahifa Yangi O'zbekiston

Qurbon Hayiti 9-iyul — shanba kuniga to‘g‘ri keladi

O‘zbekiston Musulmonlar idorasi 30-iyun payshanba kuni Zulhijja oyining 1-kuni ekanini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Qurbon Hayiti 9-iyul — shanba kuniga to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladilar.

O‘zbekiston Musulmonlar idorasi bugun — 30 iyun payshanba kuni Zulhijja oyining 1-kuni ekanini ma’lum qildi.

Shunga ko‘ra, Qurbon Hayiti 9 iyul — shanba kuniga to‘g‘ri keladi.

Prezident farmoniga ko‘ra, Qurbon Hayiti arafasida barcha uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) ketma-ket 4 kun dam olish kunlari bo‘ladi:

  • 9 iyul — Qurbon hayiti bayram kuni;
  • 10 iyul — yakshanba, odatiy dam olish kuni;
  • 11 iyul — dushanba, qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 12 iyul — seshanba, ko‘chirilgan qo‘shimcha dam olish kuni (16 iyul — shanba kunidan).
loading