Версия для слабовидящих

2020 yil glavnaya Популярные новости

Rostov va Samaradagi lagerlarda yashagan barcha o‘zbekistonliklar o‘z vatanga qaytarildi — TIV

Samara va Rostov viloyatlaridagi chodirlar lagerlarida yashagan barcha O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi, deya xabar berdi TIV. Vazirlik vatanga mashinalarda qaytish uchun yo‘lovchi to‘playotgan xususiy tashuvchilarga ishonmaslikka chaqirdi.

29 sentyabr holatiga ko‘ra, Samara viloyatining «Kinel», Rostov viloyatining «Pervomayskaya» va «Lixaya» temir yo‘l stansiyalari yaqinida O‘zbekiston fuqarolarining to‘planishi kuzatilmayapti, deya xabar qildi Tashqi ishlar vazirligining operativ shtabi.

O‘zbekistonning Qozon va Rostov-Don shaharlaridagi bosh konsulxonalari ma’lumotlariga asosan, 2020-yil

«To‘plangan barcha fuqarolar avtobus reyslari va „O‘zbekiston temir yo‘llari“ AJning maxsus poyezdlari orqali vatanga qaytarilgan. Shu munosabat bilan ushbu stansiyalar yaqinidagi maxsus vaqtinchalik lagerlar ayni paytda yopilgan», — deyiladi xabarda.

 TIV xabarida qayd etilishicha, so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegarasi joriy yilning 1 oktabridan ochilishi hamda Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston hududi orqali vatanga qaytishlari mumkinligi haqidagi yolg‘on xabarlar tarqalmoqda. Bundan tashqari, yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanadigan ayrim shaxslar shaxsiy avtomobil vositalarida O‘zbekistonga qaytish to‘g‘risida turli e’lonlar tarqatmoqdalar.

Vazirlik fuqarolardan bu kabi yolg‘on xabarlarga ishonmasliklarini so‘radi. Shuningdek, Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi avtomobil chegaralari tomonlar ushbu masala bo‘yicha maxsus qaror qabul qilgunga qadar chet el fuqarolari uchun yopiq qolishi haqida ma’lum qildi.

Hozirda vatanga qaytishni istagidagi O‘zbekiston fuqarolari uchun avia, temir yo‘l va avtobus charter qatnovlari tashkil etilmoqda. Ushbu reyslarga chiptalar onlayn tarzda sotilmoqda.

«Rossiya hududida bo‘lgan vatandoshlarimizdan joylarda to‘planmaslik, barcha karantin talablariga qat’iy rioya qilish hamda o‘zlari va yaqinlari salomatligini xavf ostiga qo‘ynmasliklarini yana bir bor so‘raymiz», — deyiladi xabarda.

Print Friendly, PDF & Email
loading