2022 yil bosh-sahifa Dolzarb xabarlar

Sankt-Peterburgdagi vatandoshlarimiz muammolari hal etildi

Joriy yil 20 yanvar kuni mamlakatimizning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi, Tashqi mehnat migratsiya agentligi va “Uzbekistan airways”ning Sankt-Peterburgdagi vakillari 1-son xorijliklarni vaqtincha saqlash markazida bshldi, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.

Markaz boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Igor Savonov va mas’ul xodima Larisa Xripunovaning bildirishicha, ayni vaqtda bu yerda 175 o‘zbekistonlik fuqaro saqlanayotgan bo‘lib, ulardan 86 nafari fuqarolikni tasdiqlovchi hujjatini yo‘qotgan yoki hujjati yaroqsiz holga kelib qolgan. Shu kunning o‘zida hujjatlari bilan muammolari bor bo‘lgan fuqarolarimiz haqidagi ma’lumot yig‘ilib, 21 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidan tasdiq olingan 41 nafar fuqaroga Vatanga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirib berildi va Rossiyaning yuqorida ta’kidlangan markazi mas’ul xodimlariga taqdim etildi.

Bundan tashqari, 18 yanvar kuni Sankt-Peterburgdagi xorijliklarni vaqtincha saqlash markazida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarosi Rahmat Mamadiyorovga ham tegishli ko‘mak ko‘rsatildi.